28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:17
Siyosat 👁 587

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING 32-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING 32-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

11-may kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining 32-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 11-may kuni boʻlib oʻtgan sessiya majlisida sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, tijorat banklari rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiyani tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ochdi va olib bordi.

Sessiya kun tartibida turli masalalar muhokamaga qoʻyildi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki – Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 8-apreldagi “Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda 2021-yil uchun bandlik dasturining ijrosini samarali tashkil etish  chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi tegishli bayonida belgilangan “mahallabay” ishlash tizimi orqali aniqlangan  “oʻsish nuqtalari”dan kelib chiqib, har bir mahallaning rivojlanish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyev axborot berdi.

Taʼkidlanganidek, tumanda 3 boʻgʻinli “mahallabay” ishlash tizimini joriy qilish boʻyicha tuman hokimining 2021-yil 27-martdagi 11F-sonli farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishga asosan, tumandagi 49 ta mahallaga iqtisodiy kompleks vakillaridan 44 nafar hamda tijorat banklardan 56 nafar jami 100 nafar masʼul xodimlar biriktirildi. Ishchi guruhlar tomonidan oʻrganishlar natijasida mahallalar tasniflandi. Mahallalarning tasniflanishi boʻyicha: 16 ta yashil, 30 ta sariq va 3 ta qizil toifadagi mahallalar ekanligi aniqlandi.

Mahallalarning oʻsish nuqtalari va pasportlari boʻyicha tumandagi 49 ta mahallalarning aniqlangan muammolari jamlanib, boshqaruv ofisiga taqdim etildi va ofis tomonidan 49 ta mahallalarning yoʻl xaritalari ishlab chiqildi. Shu bilan birga ushbu mahallalarning pasportlari yangilandi. Mahallalarni oʻsish nuqtalari orqali rivojlantirish maqsadida har bir mahallaning asosiy drayverlari, yaʼni oʻsish nuqtalari belgilab olindi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala, yaʼni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va “Ayollar daftari”dan chiqarish masalasi yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosari – Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshevning hisoboti tinglandi. Alisher Yoʻldoshev oʻz hisobotida hududlar kesimida “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” ni shakllantirish, ularga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlar bilan doimiy ishlash tizimini joriy etish boʻyicha bergan topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilganini taʼkidlab oʻtdi.

Tumanda jami 1832 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Bu boʻyicha “Yoʻl xarita” ishlab chiqilgan va 2021-yil yanvardan iyungacha boʻlgan 6 oy davrda reja asosida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan. Reja asosida  2021-yil 30-aprel holatiga “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 1832 nafar ayollardan 1473 nafari bandligi taʼminlangan boʻlib, bu jami 86 foizni tashkil etadi.  Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 225 nafar boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj 2-guruh nogironligi boʻlgan, qaramogʻida bir va undan ortiq I yoki II guruh nogironligi boʻlgan bolalari mavjud xotin-qizlarga 110 mln. 250 ming soʻmlik bir martalik yordam berilgan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik qilish istagi bor 501 nafar ayoldan 328 nafariga oʻz faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlari uchun 4 mlrd. 209 mln. soʻmlik kredit olishda amaliy yordam koʻrsatilgan.                                                                

Ushbu masala yuzasidan tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova ham soʻzga chiqib, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida maʼlumot berib oʻtdi.

Sessiya kun tartibidagi Amudaryo tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning bandligini taʼminlash, ijtimoiy koʻmak koʻrsatish va kasbga oʻrgatish orqali ularni “Yoshlar daftari”dan chiqarish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan esa tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari Mahmud Shermetovning axboroti tinglandi.

Axborotda taʼkidlanganidek, tumanda 2021-yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish maqsadida, “mahallabay” oʻrganishlar orqali yoshlarning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb etish, shuningdek, ular oʻrtasida madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yangicha tizim asosida 9 ta yoʻnalish, 74 ta banddan iborat “Yoshlar dasturi” ishlab chiqilgan. Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2-Chordara saylov okrugi deputati Muyassar Rahmatullayeva ham soʻzga chiqdi.

Kun tartibidan joy olgan – mahalliy byudjet mablagʻlari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash masalasi toʻgʻrisida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyev hisobot berdi. Ushbu masala boʻyicha tuman Moliya boʻlim mudiri Ulugbek Bekniyazov soʻzga chiqib, tumanda mahalliy byudjet mablagʻlari sarflanishi holati bilan tanishtirdi.

Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova sessiya kun tartibidagi – tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning bandligini taʼminlash va yordam koʻrsatish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi masala yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, "Ayollar daftari"ga kiritilgan 1832 nafar xotin-qizlardan amalga oshirilgan yordamlarni hisobga olgan holda kredit ajratish boʻyicha 284 nafar, huquqiy yordam olishga muhtoj ayollar boʻyicha 12 nafar, psixologik maslahatga muhtoj ayollar boʻyicha 74 nafar, jami 370 nafar xotin-qizlar roʻyxati “Ayollar daftari”dan chiqarib berish uchun bugungi sessiyaga kiritilganini maʼlum qildi. Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori Farhod Ahmadov soʻzga chiqdi.

Sessiya kun tartibidagi keyingi – temir yoʻl tarmogʻi qurilishi rejalashtirilgan hududlardagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda aniqlangan muammolarni bartaraf qilish va pochta aloqa boʻlimlari binolarini davlat xususiy sheriklik shartlari asosida qurish toʻgʻrisidagi ikkita masala boʻyicha tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jasur Norimovning hisoboti tinglandi.

Hokim oʻrinbosari davlatimiz rahbarining tashabbusi va bevosita topshiriqlari asosida tumanimiz xududida Qipchoq panton koʻprigi oʻrnida yangi 413 metrlik avtomobil va temir yoʻl qoʻshma koʻprigi hamda 79 km. uzunlikdagi temir yoʻl liniyasi qurilish ishlari jadal olib borilayotgani, shu munosabat bilan hududni xatlovdan oʻtkazish maqsadida tumandagi maʼsul tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan oʻrganish ishlari amalga oshirilgani, ularning natijalari xususida maʼlumot berdi. Shuningdek, Amudaryo tumani hududida jami

3 ta, Bobur nomli, Oʻrta qalʼa va Qilichboy ovullari hududlarida pochta aloqa boʻlimlari binolarini davlat xususiy sheriklik shartlari asosida yangidan qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilganini taʼkidlab oʻtdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026