IPAK QURTLARI DASTALARDA SIFATLI PILLA ÖRAMOQDA
Ayni kunlarda zimmalaridagi rejalarini har yili ortiği bilan ado etib kelayotgan tumanimiz pillakorlari joriy yilgi ipak qurti boqiş mavsumini uyuşqoqlik bilan olib borişmoqda.
May oyining birinçi ön kunligida tumanimizning turli hududlarida taşkil etilgan ipak qurtini jonlantiriş inkubatoriyalarida «JAYHUN SILK» MÇJ tomonidan 3960 quti xorijiy, serhosil navli ipak qurti uruğlari jonlantirilib, 1607 nafar kasanaçilarga pillaçilik fermer xöjaliklariga tarqatib berildi. Ipak qurti parvarişi bilan şuğullanuvçilarga har bir quti ipak qurti uçun mavsum boşida oldindan 250 ming sömdan bönak puli berildi.
Ipak qurti parvarişi mavsumi davomida pillakorlarga qulaylik yaratiş, ozuqa taqçilligi yuz bermasligi uçun tumanimizning barça hududlaridagi tutzorlarga erta bahordanoq sifatli işlov berilib, oziqlantirildi va natijada tutzorlarda möl ozuqa bazasi yaratildi. Bundan taşqari, yangidan tutzorlar bunyod etilib, sara tut köçatlari ötqazildi.
Ayni paytda pillakorlar tomonidan mehr bilan parvariş qilingan ipak qurti beşinçi yoşda, yaʼni pilla öraş bosqiçiga kirgan Tölqin ovuli hududidagi “Qurbonboyev Sobir” fermer xöjaligining mohir pillakorlaridan biri Maʼrifat Hayitboyeva 2002 yildan beri har yilgi mavsumda 20 gramm ipak qurtini parvarişlab, zimmasidagi rejasini ortiği bilan bajarib keladi. Mohir pillakor joriy yilgi mavsumda ham xonadoni qurtxonasida 20 gramm ipak qurtini parvariş qildi. Unga bu işda oila aʼzolari yaqin kömakdoş bölişdi. Maʼrifat Hayitboyeva rejadagi 56 kilogrammni örniga har yili 90 kilodan ziyod yuqori sifatli pilla hosili yetiştirib beradi. Joriy yil mavsumda esa u 85 kilogramm pilla topşirişni rejalaştirgan. Ayni paytda Maʼrifat Hayitboyeva qurtxonasidagi ipak qurtiga dasta qöygan va tez kunda pilla hosilini terib oliş niyatida.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶