ÖZBEKISTON “ADOLAT” SDP AMUDARYo TUMAN KENGAŞINING IV PLENUMI BÖLIB ÖTDI
Şu yilning 19-may kuni tuman hokimligi majlislar xonasida Özbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tuman Kengaşining IV plenumi bölib ötdi.
Plenumda Özbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpoğiston Respublika Kengaşi raisi örinbosari R.Ötarboyev, partiyaning tuman Kengaşi aʼzolari, partiyadan saylangan deputatlar va faollar, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdilar.
Plenumda “Özbekiston “Adolat” SDP Amudaryo tuman Kengaşining 2020-yilgi faoliyati yakunlari va 2021-yilga möljallangan ustuvor vazifalari” töğrisidagi va taşkiliy masala muhokama etildi.
Tadbirni partiya tuman Kengaş raisi Mansur Örozboyev oçdi va olib bordi. Kun tartibidagi ilk masala yuzasidan qilgan maʼruzasida taʼkidlaşiça, Özbekiston “Adolat” SDP Amudaryo tuman Kengaşi ötgan 2020-yilda öz faoliyatini Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qonunçilik palatasi va Senati yiğilişlarida hamda 26-yanvardagi Murojaatnomasi, partiyaning 2020-2024-yillarga möljallangan Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş böyiça işlab çiqilgan Yöl xaritasiga muvofiq olib bordi.
Hisobot davrida mafkuraviy va dasturiy vazifalarni amalga oşirişga karatilgan 10ga yaqin partiya loyihalarni hayotga tatbiq etiş çoralari körildi.
Jumladan, partiyaning “Muammo bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida barça darajadagi deputatlik korpuslari va partiya faollari har haftaning çorşanba kunlari muntazam ravişda mahallalarda xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar örnatişdi.
Ötgan 2020-yil davomida işçi guruhlar tomonidan Amudaryo tumani böyiça jami 32 ta mahallarda xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar taşkil qilindi. Unda 153 ta xonadon va 19 ta xöjalik yurituvçi subʼektga taşrif buyurildi. Aholi tomonidan kelib tuşgan 18 ta murojaatlar yuzasidan 13 ta deputatlik sörovlari yuborilib, 10 tasi ijobiy yeçimini topdi, 3 ta murojaatlar huquqiy maslahatlar beriş orqali hal etildi.
Şuningdek, davlat dasturi ijrosini taʼminlaş maqsadida partiyaning “Adolat” siyosiy-huquqiy öquvlari kuni” loyihasi doirasida har haftaning seşanba kunlari har bir mahallalarda aholini keng jalb qilgan holda siyosiy-huquqiy öquvlar taşkil etildi. Ularda 235 nafar tinglovçi qamrab olindi.
Partiyaning “Bir oyda bir işi örni” loyihasi doirasida 8 nafar fuqarolar iş bilan taʼminlandi. Şundan 6 nafarini yoşlar, 2 nafarini ayollar taşkil etadi.
Partiya deputatlari va faollarining aholi bilan muloqotini yanada jadallaştiriş, joylarda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, soğliqni saqlaş, taʼlim sohalaridagi islohotlarga tösiq bölib kelayotgan muammolarni örganib, ularning yeçimini topiş masalalari partiyaning barça tuzilmalari eʼtibori markazida bölişi zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, plenumda taşkiliy masala ham körildi. Özbekiston “Adolat” SDP tuman Kengaşi raisligiga Öktamboy Yöldoşevni saylaş töğrisida va partiya tuman Kengaşi faoliyatining yanada samarali bölişiga xizmat qiluvçi qarorlar qabul qilindi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶