Maʼmuriy sud işlarini yuritişda dastlabki himoya çoralarining qöllanilişi tartibi
Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksining 92-moddasiga asosan Dastlabki himoya çoralarini köriş uçun işda iştirok etuvçi şaxsning arizasiga köra sud, maʼmuriy iş böyiça hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar arizaçining yoki manfaatida ariza berilgan şaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilişining aniq xavfi mavjud bölsa yoki arizaçining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday çoralar körmay turib, himoya qiliş mumkin bölmasa yoki qiyin bölsa dastlabki himoya çoralarini körişi mumkin.
Dastlabki himoya çoralarini köriş töğrisidagi ariza sudga ariza (şikoyat) bilan bir vaqtda yoki iş yuritiş jarayonida berilişi mumkin.
Dastlabki himoya töğrisidagi arizada quyidagilar körsatilgan bölişi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) taraflarning nomlari (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylaşgan yeri (poçta manzili) yoki yaşaş joyi;
3) talab predmeti;
4) dastlabki himoya çorasini köriş zarurligining asoslantirilganligi;
5) arizaçi körişni sörayotgan dastlabki himoya çorasining turi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning röyxati.
Arizada boşqa maʼlumotlar ham körsatilişi mumkin. Dastlabki himoya çoralarini köriş töğrisidagi ariza arizaçi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan arizaga işonçnoma yoki uning arizani imzolaşga bölgan vakolatini tasdiqlovçi boşqa hujjat ilova qilinadi. Dastlabki himoya çoralarini köriş töğrisidagi iltimosnoma arizada (şikoyatda) bayon etilişi mumkin. Agar dastlabki himoya çoralarini köriş töğrisidagi iltimosnoma arizada (şikoyatda) bayon etilsa, mazkur iltimosnomada uşbu modda ikkinçi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar körsatilgan bölişi kerak.
Işda iştirok etuvçi şaxsning arizasiga köra quyidagilar dastlabki himoya çoralari bölişi mumkin:
1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oşirişni taqiqlaş;
2) boşqa şaxslarga nizo predmetiga taalluqli bölgan muayyan harakatlarni amalga oşirişni taqiqlaş;
3) mol-mulkni realizatsiya qilişni töxtatib turiş;
4) maʼmuriy organning, fuqarolar özini özi boşqariş organining nizolaşilayotgan hujjati ijrosini töliq yoki qisman töxtatib turiş.
Sud tomonidan bir vaqtning özida bir neçta dastlabki himoya çoralari körilişi mumkin. Dastlabki himoya çoralari arz qilingan talabga mos bölişi kerak.
Dastlabki himoya çoralarini köriş töğrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etiş uçun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi. Körilgan dastlabki himoya çoralarini ijro etiş majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan şaxsga dastlabki himoya çoralarini köriş töğrisidagi ajrimni ijro etmaganlik uçun uşbu Kodeksda belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.
J.Aymaganbetova, Nukus tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶