Saylov jarayoniga munosib tayyorgarlik körilmoqda
Joriy yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bölib ötadi. Saylov jarayoni köp bosqiçli taşkiliy tayyorgarlikni talab qilganligi bois uşbu jarayonni qonuniylik, adolatlilik, xolislik printsiplari asosida taşkil etiş va ötkazişda saylov komissiyalari zimmasiga katta masʼuliyat yuklanadi.
Mamlakatimizda mazkur siyosiy jarayonga munosib tayyorgarlik köriş maqsadida keng qamrovli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şu xususdan butun yurtimiz böylab boşlangan saylov komissiyalari aʼzolari va saylov jarayonining boşqa iştirokçilarining malaka va könikmasini oşirişga qaratilgan seminar-treninglar tumanimizda ham izçil davom etmoqda. Ana şunday öquv maşğulotlari 7-iyun sanasida tumanimizdagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötdi. Qayd etiş kerakki, joriy yil 7-18-iyun kunlari davomida Amudaryo tumanida uçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarning malakasini oşiriş böyiça taşkil etiladigan seminar-treninglarni ötkaziş yuzasidan barça taşkiliy işlar olib borilmoqda. Uçastka saylov komissiyasi raisi, rais örinbosari va kotibi lavozimiga nomzodlar 11 ta guruhga bölingan xolda seminar-treninglarda iştirok etmoqdalar. Jami 191 nafar uçastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar uçun har bir guruh 16 akademik soat, yaʼni töliq 2 kunlik maşğulotlar tumandagi mazkur 82-sonli maktabda ötkazilişi belgilangan.
Tumanimizda taşkil etilayotgan öquv-maşğulotlarini tuman adliya bölimi boş maslahatçisi Jamşid Bekimbetov, tuman prokurori örinbosari Raxman Sankibayev, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi boşliği Rustem Baltaniyazov, Qoraqalpoq davlat universiteti katta öqituvçisi Gulnaz Berdimuratovalar murabbiy sifatida olib bormoqdalar.
Seminar-treninglarni ötkazişdan asosiy maqsad – saylov jarayonining asosiy taşkilotçilari bölgan saylov komissiyasi raisi va aʼzoligiga nomzodlar malakasini oşiriş, ularga uslubiy kömaklaşiş va saylov qonunçiligi va jarayoni böyiça bilim hamda könikmalarini oşirişga qaratilgan. Şu maqsadda boşlanayotgan maşğulotlarda sektorlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham iştirok etdilar.
Mazkur öquvlar tuman markazida joylaşgan namunaviy saylov uçastkalarida interaktiv usullarda taşkil etilmoqda hamda iştirokçilar olgan bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlaşlari uçun barça imkoniyatlar yaratilmoqda.
Şu bilan birga aholining keng qatlami va mutaxassislar foydalanişlari mumkin bölgan “Saylov – 2021” mobil ilovasini yaratiş ustida samarali işlar olib borilib, mazkur ilovada ham maʼruza matnlari, taqdimotlar, infografikalar, tegişli qonunçilik hujjatlari, bilimni mustahkamlaşga oid topşiriqlar, videoroliklar kabi öquv materiallar joylaştirilmoqda. Uşbu maʼlumotlar onlayn rejimda yangilanib boriladi hamda ilovaning işga tuşirilişi saylov jarayoni iştirokçilari bölgan barça aholi qatlamlarining saylovga oid bilimlarini mustahkamlaşga kömaklaşadi.
Seminarda saylov okruglari va uçastkalarini tuziş, okrug va uçastka saylov komissiyalari tarkibini şakllantiriş va ularning işini taşkil etiş mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda hamda öquv jarayonlari monitoring qilinib, tinglovçilarning bilimi muntazam baholab borilmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶