Özbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati tuman bölimi samarali faoliyat olib bormoqda
Joriy yilning 25-iyun kuni tuman tibbiyot birlaşmasida Özbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati tuman bölimi tomonidan uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuvda tuman tibbiyot birlaşmasi bölimlari mudirlari, köp tarmoqli markaziy poliklinika şifokorlari, tumandagi qişloq oilaviy punktlari hamda qişloq vraçlik punktlari mudirlari hamda hamşiralari iştirok etdilar. Uçraşuvni tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Farhod Abdullayev boşqarib bordi.
Birlaşma rahbari öz sözida mamlakatimizda aholi salomatligini tiklaş borasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar xususida töxtalib, bu borada COVID-19 hamda infektsion kasalliklarning oldini oliş hamda ularga qarşi kuraşda profilaktika işlarini jadallaştiriş, aholi örtasida tuşuntiriş-tarğibot tadbirlarini kuçaytiriş zarurligini qayd etib ötdi.
Taʼkidlaş kerakki, bugun yurtimizda aholi salomatligi, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş masalasi eng ustuvor yönalişlardan biri hisoblanadi. Bu borada qator qonun hujjatlari qabul qilinib, tizimli işlar olib borilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentinining joriy yilda imzolangan “2017—2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi hamda “Soğliqni saqlaş tizimida olib borilayotgan islohotlarni izçil davom ettiriş va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş töğrisida”gi farmonlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Soğliqni saqlaş sohasini kompleks rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori sohada keng kölamli işlarni taşkil etişda muhim hujjat bölib xizmat qilmoqda.
Mazkur hujjatlar mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimida olib borilayotgan islohotlarni izçil davom ettiriş, aholi salomatligini saqlaş borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlaş, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratişda muhim dasturulamal bölmoqda.
Uçraşuvda Özbekiston “Qizil yarim oy jamiyati” tuman bölimi ijroçi direktori Ibodulla Nurimbetov jamiyat tomonidan amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritdi.
Qayd etilganidek, Özbekiston “Qizil yarim oy jamiyati” köngilli, insonparvarlik taşkiloti bölib, ayni paytda 15 ta mintaqaviy, 206 ta tuman, şahar va 1500 dan ortiq boşlanğiç taşkiloti, 200 mingdan ortiq faol aʼzo va 40 mingdan ortiq volontyorlari yordamida jamoatçilik asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Jamiyatda “Mehr-şafqat” xizmati taşkil qilingan bölib, uşbu xizmat orqali yolğiz keksalar, nogironlar, surunkali kasalligi bor bemorlar, köp farzandli, kam taʼminlangan oilalarga doimiy ğamxörlik qilinib, insonparvarlik yordami körsatib kelmoqda.
Uçraşuvda mutasaddilar 14-iyun “Butunjahon donorlar kuni” munosabati bilan tuman Tibbiyot birlaşmasida qon topşirgan faxrli donorlarga, köngilli insonlarga sovğalar tarqatildi.
Aytiş kerakki, har yilning 14-iyun sanasi butun dunyoda qon donorlari kuni sifatida nişonlanadi. Aynan mana şu kuni dunyoning turli burçaklarida yaşovçi insonlar boşqa odamlar hayotini saqlab qolişga kömak qölini çözadigan, öz qonini köngilli sifatida topşiradigan, qonga muhtoj bölgan odamlarga “özining bir parçasi”ni baxşida etuvçi donorlarga minnatdorçilik bildirişadi.
Tumanimizda ham şu kabi inson salomatligiga öz hissasini qöşuvçi hamyurtlarimiz talaygina bölib, Özbekiston “Qizil yarim oy jamiyati” tuman bölimi tomonidan donorlik qilişga çaqiruvçi tarğibot-taşviqot işlari jadal surʼatlarda olib borilşi natijasida ularning soni tobora ortmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶