YoSh SPORTChILAR OʻRTASIDA BOKS BOʻYIChA MUSOBAQA OʻTKAZILDI
Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va maʼnan sogʻlom insonlar etib tarbiyalash, Vatanimiz obroʻsini yanada yuksaltirishning muhim omili boʻlgan – sportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Sport turlarini yanada ommalashtirish, jahon maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tayyorlash va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalariga muhim vazifa sifatida qaralmoqda.
Amudaryo tumanida ham turli sanalar munosabati bilan yoshlar oʻrtasida sport musobaqalarini tashkil etish anʼanaga aylangan.
Yaqinda 26-iyun – Giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan sportning boks turi boʻyicha 2009, 2010, 2011, 2012-yillarda tugʻilgan 24 kg.dan 40 kg. vazn toifasidagi oʻsmir yoshlar oʻrtasida sportning kurash turi boʻyicha BOʻSM birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqa murosasiz kurashlarga boy tarzda qiziqarli oʻtdi. Yosh sportchilar murabbiylardan oʻrgangan mahoratlarini namoyish etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishga harakat qildilar.
Qizgʻin oʻtgan ushbu musobaqada gʻoliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.
Gulzoda Eshimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶