28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:43
Siyosat 👁 251

Senat tomonidan maqʼullangan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Senat tomonidan maqʼullangan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 13-iyul sanasida tuman hokimligining majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Botir Matmuratov ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi hamda olib bordi. Unda tuman hokimligi masʼul xodimlari, sektorlar rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar boshliqlari, korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Mazkur yigʻilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va koʻrib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini amalga oshirish, yuqori palataning tegishli qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini oʻrganish, ushbu masalalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda fuqarolar murojaatlari bilan joyida ishlash maqsadida oʻtkazildi.

Yigʻilish kun tartibidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati boʻyicha tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻminjon Matyusupov maʼruza qildi.

Taʼkidlanganidek, ushbu Qonun fuqarolarning dinga yoki shunga mos eʼtiqodga oʻz munosabatini belgilash va ifodalash hamda hech qanday qarshiliksiz dinga eʼtiqod qilish va diniy rasm-rusumlarni bajarish huquqlarini taʼminlaydi. Shuningdek, mazkur hujjat ijtimoiy adolat va tenglikni, fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼi nazar, ularning huquq va manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi hamda diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solib turadi.

Soʻngra “Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati hamda ahamiyati yuzasidan tuman prokurori Javlon Muftullayev maʼruza qildi.

Maʼruzada taʼkidlanganidek, mazkur qaror mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish va korruptsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini shakllantirish maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarda ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida oʻtkaziladigan sinov tadbirlarini internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilishi belgilandi.

Yigʻilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan senator Botir Matmuratov oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Senator oʻz soʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonun va “Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining imzolanishi mamlakatimizda olib borilayotgan yangi bosqichdagi islohotlarning amaliy ifodasi ekanini qayd etdi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yoʻlga qoʻyish orqali davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilganligi taʼkidlandi.

Shu maqsadda korruptsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun masʼul boʻlgan alohida organ — Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi hamda davlat hokimiyati organlari va yirik xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyilayotganligi korruptsiyani bartaraf qilishning muhim omillaridan ekanligini aytdi.

Yigʻilish ishtirokchilari mazkur qonun hujjatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar, oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda tegishli javoblar oldilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026