28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:34
Iqtisodiyot 👁 892

“Xon” maishiy xizmat koʻrsatish maskani foydalanishga topshirildi

“Xon” maishiy xizmat koʻrsatish maskani foydalanishga topshirildi

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik hamda obodonlashtirish ishlari natijasida shahar-u qishloqlar, viloyatlar va tumanlar markazlari yangi zamonaviy koʻrinish kasb etmoqda. Joylarda koʻp qavatli binolarning qad koʻtarayotgani, maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari, istirohat bogʻlari, dam olish maskanlari kishi koʻzini quvontiradi hamda bu kabi bunyodkorlik ishlari orqali yurtdoshlarimizning turmush sharoitlari yaxshilanib, koʻplab sharoitlar hamda qulayliklar yaratilmoqda.

Amudaryo tumanida 15-iyul kuni ochilish marosimi oʻtkazilgan “Xon” aholiga maishiy xizmat koʻrsatish maskanida ham hamyurtlarimiz uchun qator zamonaviy maishiy xizmat turlari yoʻlga qoʻyilgan. Zamonaviy qiyofaga ega boʻlgan mazkur 3 qavatli bino oldida oʻrnatilgan favvora bino koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda.

Maishiy xizmat koʻrsatish maskaning ochilish marosimida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda tuman faollari ishtirok etdilar. Tuman hokimi binoning ochilishi bilan barcha yigʻilganlarni, shuningdek, tadbirkorni va ishchi-xodimlarni, tumanimiz aholisini qizgʻin tabrikladi.

Tuman hokimi oʻz soʻzida “Xon” maishiy xizmat koʻrsatish maskani rahbari, tadbirkor Rustam Yusupovning kelgusidagi ishlarida, shu kabi yangi loyihalarni amalga oshirishida yangi zafarlar hamda muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, tuman faollari ham maskanning barpo etilishi barcha amudaryoliklar uchun quvonchli voqea boʻlganligini qayd etdilar hamda tadbirkor va maishiy xizmat koʻrshatish maskani xodimlarining kelgusidagi faoliyatlarida omad tiladilar.

Shundan soʻng yigʻilganlar binodagi shart-sharoitlar hamda qulayliklar bilan qindan tanishdilar.

Aytish kerakki, “Xon” aholiga maishiy xizmat koʻrsatish maskani qurilishi uchun tadbirkorning oʻz mablagʻi hisobidan 1 mlrd. 150 mln soʻm pul mablagʻi sarf etilgan. Qurilish ishlari “Amudaryo qurilish materiallari” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan, sifatli hamda zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan.

Bunyodkorlik ishlariga 100 nafar quruvchi-ishchilar jalb etilgan. Bino 3 qavatdan iborat boʻlib, birinchi qavatida goʻzallik saloni, oziq-ovqat va kiyim-kechak doʻkonlari mavjud.

Ikkinchi qavatida zamonaviy qandil-u bejirim oʻrindiqlar bilan jihozlangan katta restoran, uchinchi qavatida eng soʻnggi urfdagi, sifatli mebellar bilan jihozlangan, mehmonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan mehmonxona hamda katta fitnes zali joylashgan.

Mazkur maishiy xizmat koʻrsatish maskani ishga tushishi bilan 12 nafar yurtdoshlarimiz ish bilan taʼminlangan.

Marosimga yigʻilganlar binodagi barcha zamonaviy shart-sharoit hamda qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur bino Mangʻit shahri koʻrkiga koʻrk qoʻshishi bilan birgalikda shahar aholisi va tumanimizga tashrif buyurgan mehmonlarning dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun xizmat qiladi. Bino hudud aholisi uchun mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi oldidan oʻziga xos sovgʻa boʻldi, desak yanglishmaymiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026