28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:13
Iqtisodiyot 👁 247

Amudaryo tumani Yoʻllardan foydalanish UK tomonidan 1-yarim yillikda 41,2 km ichki yoʻllar taʼmirlandi

Amudaryo tumani Yoʻllardan foydalanish UK tomonidan 1-yarim yillikda 41,2 km ichki yoʻllar taʼmirlandi

Bugungi kunda zamonaviy avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan ustuvor vazifa hisoblanadi.

Mamlakatimizda xalqaro standartlarga mos zamonaviy avtomobil yoʻllarini qurish, yoʻl harakati qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bu borada salmoqli ishlarni tashkil etishda muhim hujjat boʻlmoqda.

Amudaryo tumani Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi sohada joriy qilinayotgan islohotlar ijrosini taʼminlash borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Korxona tomonidan tuman hududidagi ichki yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida shartnomaviy qiymati 9 mlrd. 432 mln soʻm boʻlgan 41,2 km ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Shundan 29,9 km yoʻllarda tuproq ishlari, 22,2 km yoʻllarda tosh yotqizish ishlari amalga oshirigan. Joriy yil yakuniga qadar 8,3 km ichki yoʻllarga asfalt yotqizish ishlari rejalashtirilgan. Tumandagi Xitoy va Qipchoq ovullari, Chordara mahallasida eng koʻp ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Shuningdek, tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan joriy yil umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻllarida qator taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan hamda reja amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yil davomida davlat ahamiyatidagi yoʻllarni taʼmirlash uchun 150 mln soʻm, Qipchoq ponton koʻprigini joriy taʼmirlash uchun 350 mln soʻm, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash uchun esa 922 mln soʻm mablagʻlar ajratilgan.

Korxona xodimlarining mashaqqatli mehnati evaziga qator ijobiy natijalar qoʻlga kiritilmoqda. Bugungi kunda korxonada jami 138 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritib kelishmoqda. Korxonaga qarashli 3 ta yoʻl boʻlimi mavjud boʻlib, 1-yoʻl boʻlimda 23 nafar, 2-yoʻl boʻlimda 21 nafar, 3-yoʻl boʻlimda 25 nafar yoʻllarni taʼmirlovchi xodimlar ish yuritishmoqda. Shuningdek, Qipchoq panton koʻprigi boʻlimida 23 nafar, joriy taʼmirlash boʻlimida 8 nafar, avtokalonnada 11 nafar, ustaxonada 8 nafar, tosh maydalash va saralash zavodida 2 nafar, boshqaruv apparatida 17 nafar xodimlar faoliyat yuritishadi.

Tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi xodimlarining ish jarayonlarini samarali tashkil qilish maqsadida qator zarur texnikalar jalb qilingan. Xususan, yoʻllarni taʼmirlash ishlarini tashkil etishda 2 ta avtogreyder, 2 ta yuk ortuvchi mashina, 4 ta avtosamosval, 3 ta traktor hamda 2 ta ishchilarni tashiydigan avtomobil biriktirilgan.

Muxtasar aytganda, korxonada ish jarayonlarining toʻgʻri tashkil etilishi, ishchilarning mashaqqatli mehnatlari natijasida tumanimiz yoʻllari tobora ravonlashib, yoʻlovchi hamda haydovchilar uchun yangi qulayliklar yaratilmoqda.

B.Xodjayev, Tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026