Uruğlik paxta yetiştirişda agrotexnik tadbirlarni öz muddatlarida amalga oşiriş böyiça seminar ötkazildi
Joriy yilning 9-iyul sanasida Amudaryo tumanida 2021-yil hosili uçun uruğlik paxta yetiştirişda agrotexnik tadbirlarni öz muddatlarida amalga oşiriş böyiça seminar bölib ötdi. Seminar Tölqin ovuli hududidagi “Ahmedov Rajabboy” fermer xöjaligida körgazmali tarzda taşkil etildi.
Mazkur seminarda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Uruğçilikni rivojlantiriş markazining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği örinbosari Nizamaddin Seytniyazov, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi Qişloq xöjalik ekinlari uruğlari yetirilişini nazorat qiliş bölim boşliği Islom Begjanov, tuman Qişloq xöjaligi bölimi boşliğining agrotexnalogiya masalalari böyiça örinbosari Renat Xaytboyev hamda tumandagi uruğlik paxta yetiştiruvçi 52 ta fermer xöjaligi rahbarlari qatnaşdilar.
Seminarda uruğlik paxta yetiştiriş borasida tumanda amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar töğrisida maʼlumotlar keltirildi. Xususan, tumanda 2021-yil hosili uçun 2600 gektar ekin maydonlarida 25 ta fermer xöjaliklari tomonidan uruğlik paxta ekilgan.
Seminar davomida uruğçilik sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan tegişli mutaxassislarning maʼruza va axbotlari tanglanib, muhokamalar bölib ötdi. Seminarda uruğlik paxta ekilgan maydonlarda agrotixnik tadbirlarni zarur talablar asosida öz muddatida sifatli amalga oşiriş yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶