28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:42
Siyosat 👁 333

Yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 11-avgust sanasida Amudaryo tumani hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va koʻrib chiqilgan boshqa masalalar, iqtisodiy islohotlarning mazmuni, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasini aholiga yetkazish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Botir Matmuratov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokimlik masʼul xodimlari, sektorlar rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar boshliqlari, korxona-tashkilot rahbarlari, fuqarolar yigʻini raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Yigʻilini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi hamda olib bordi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Botir Matmuratov soʻzga chiqib, Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va Senat vakolati doirasida koʻrib chiqilgan boshqa masalalar boʻyicha keng turda toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilish kun tartibidagi dastlabki masala - “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan tuman Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati boshligʻi Shokir Davlatov maʼlumot berdi.

Mazkur qonun bilan tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish, yer uchastkalarini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obʼektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish hamda yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini kim oshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish kabi vakolatlari bekor qilinadi.

Yigʻilishda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi bosh shifokori Gulmurod Bekiyev “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi koronavirus infektsiyasining yangi toʻlqinlarining oldini olish uchun aholi oʻrtasida ommaviy vaktsinatsiyani tashkil etishning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlashga hamda yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud boʻlgan taqdirda profilaktik emlash oʻtkazishni joriy etish yuzasidan amaldagi qonunchilikdagi mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishga xizmat qilishini qayd etdi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻminjon Matyusupov mazkur Qonunning qabul qilinishi ishbilarmonlik muhitini faollashtirishda muhim oʻrin tutuvchi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga oid qonunlar samaradorligining oshishiga xizmat qilishini taʼkidladi.

Yigʻilishda “Intellektual mulk obʼektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Intelektual mulk himoyasi markazi rahbari Nurali Yesnazarov axborot berdi. Qayd etilganidek, mazkur Qonun intellektual mulk obʼektlariga talabnoma topshiruvchilar talablarini toʻlaqonli inobatga olish, sohada jahon tajribasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, soha boʻyicha xalqaro reytinglardagi oʻrinni mustahkamlash, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi xalqaro hujjatlar talablarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan.

Shuningdek, mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha yangi tizim yaratilayotganligi xususida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovning fikr-mulohazalari, bu borada tumanimizda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Yigʻilish kun tartibida shu kabi qator masalalar xususida soʻz yuritib, masʼullarning axborotlari, fikr-mulohazalari tinglanib, har bir masala boʻyicha tegishli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026