Aholining tibbiyotga oid muammolari örganildi
Mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan işlaş, ularni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni örganiş hamda hal qiliş borasida mutlaqo yangiça tizim yaratildi. Insonlarning muammoli masalalari masʼullarning diqqat markazida bölib, ularga har tomonlama amaliy yordam berilmoqda.
Joriy yilning 12-avgust kuni Amudaryo tuman hokimligida aholining tibbiyotga oid murojaatlarini örganiş, muammolarga joyida yeçim topiş va ularni ijobiy hal qilişga qaratilgan sayyor qabul bölib ötdi.
Sayyor qabulda Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi boşqarma boşliği Farhod Rahimqulov, Özbekiston Respublikasi Virusologiya instituti direktori Botir Tadjiyev, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği Fahriddin Abdullayev hamda aholi vakillari iştirok etdilar.
Sayyor qabulda masʼullar mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimida olib borilayotgan islohotlarni izçil davom ettiriş, aholi salomatligini saqlaş borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar xususida söz yuritdilar.
Qabul mobaynida fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq murojaatlar kelib tuşdi. Murojaatlarning asosiy qismi nogironlik guruhini belgilaş, dori-darmon bilan taʼminlanişda, tayanç-harakat aʼzolari, asab tizimi, buyrak va nafas yöllari xastaliklaridan davolanişda amaliy yordam söraş mazmunida bölib, ularning aksariyati qabul jarayonining özida ijobiy hal qilindi.
Sayyor qabul jarayonida aholining muammoli masalalari töğridan töğri yeçimga yönaltirildi. Oçiq muloqotlarda xastaligi mavjud fuqarolarning har biri xastaligiga qarab ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hamda respublika tibbiyot muassasalariga şu kunning özida yönaltirilib, zarur tibbiyot amaliyotlari bajarilişi belgilab olindi. Muddat talab qilinadigan muammolar yuzasidan tegişli soha xodimlariga topşiriqlar berildi.
Aytiş kerakki, bugungi kunda joylarda aholi bilan bevosita muloqot qiliş, mavjud muammolarni joyida hal etiş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişiga aylangan. Şu maʼnoda, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan muntazam taşkil etilayotgan sayyor qabullar tibbiyot xodimlari zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi.
Şundan kelib çiqib, xalq bilan yanada samarali muloqotni yölga qöyiş, ularning hayotiy ehtiyoj va talablarini yaqindan biliş, xususan, yurtimizda körsatilayotgan kafolatlangan hamda boşqa tibbiy xizmat turlari böyiça hal etilmagan muammo yoki takliflarni atrofliça örganib, ularga öz vaqtida yeçim topiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholi salomatligini tiklaş, insonlarni salomatligi borasidagi muammolarini hal qilişga har tomonlama kömak beriş maqsadida tumanimizda taşkil etilgan sayyor qabulda iştirok etgan fuqarolar soğlik atalmiş ulkan boylikni asrab-avaylaşda öz yordamini ayamayotgan şifokorlarga öz minnatdorligini bildirişdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶