SAYYoR SUD MAJLISIDA LITsENZIYaSIZ AVTOTRANSPORT XIZMATI KÖRSATIŞ BÖYIÇA HUQUQBUZARLAR JAZOLANDI
Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 176-moddasi, 3 bandiga muvofiq aholiga litsenziyasiz avtotransport xizmatini körsatganligi uçun bunday xizmat turi bilan şuğullangan fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 100 baravarigaça, agar bu huquqbuzarlik holati mansabdor şaxslar tomonidan sodir etilsa, bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravaridan 150 baravarigaça jarima jazosi qöllanilişi belgilangan.
Yuqorida körsatib ötilgan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksda belgilangan maʼmuriy huquqbuzarlik böyiça jazo çoralari qöllanilganidan söng, bir yil davomida qayta huquqbuzarlik sodir etilganda fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigaça, mansabdor şaxslarga nisbatan esa bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigaça jarima jazosi tayinlanadi.
Şunday bölsa-da, baʼzi avtomotransport vositalarini boşqaruvçi şaxslar tomonidan bu boradagi mavjud qonun-qoidalarga, Nizom talablariga rioya qilmasdan, maxsus litsenziyaga ega bölmay turib, xalqqa xizmat körsatiş holatlari uçramoqda. Maxsus litsenziyaga ega bölmay turib aholiga avtotransport xizmati körsatiş qoidalari buzilişining oldini oliş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Transport vazirligining avtomobillarda yölovçi taşiş xavfsizligini taʼminlaşni nazorat qiliş böyiça bölimi tomonidan muntazam ravişda reydlar ötkazilib, bu boradagi kamçiliklar vaqtida aniqlanmoqda va zarur çoralar körilmoqda.
Xususan, joriy yilning avgust oyi boşidan şu kunga qadar Respublika hududlarida 141 ta reyd tadbirlari ötkazildi. Uşbu reyd tadbirlari jarayonida mavjud qonun-qoidalarga amal qilmaslik holatlari aniqlanib, huquqbuzar fuqarolarga nisbatan bayonnomalar rasmiylaştirilib, jarima jazolari qöllanildi. Bir neça avtotransport vositalari esa vaqtinçalik jarima maydonçalariga qöyildi.
Joriy yilning 10-avgust sanasida Amudaryo tuman Davlat Soliq inspektsiyasi maʼmuriy binosida Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi Arman Koşanov raisligida bölib ötgan sayyor sud majlisida Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksda belgilangan qonun talablariga rioya qilmasdan, maxsus litsenziyaga ega bölmay turib, aholiga avtotransport xizmati körsatgan şaxslarga qonunda belgilangan talablar asosida jarima jazolarini tayinlaş böyiça töplangan maʼmuriy işlar körib çiqildi.
Unga köra, maxsus litsenziyasiz, zarur hujjatlarni rasmiylaştirmasdan aholiga avtotransport xizmati körsatib, öz xatti-harakatlari bilan mavjud qonun talablarini buzgan 17 nafar şaxs qarşisiga töplangan işlar birma-bir muhokama etilib, ularga nisbatan qonunda belgilangan tegişli jazo çoralari qöllanildi.
Sayyor sud majlisida mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlaşda nafaqat huquqni muhofaza qiliş organlari, balki fuqarolar ham masʼul ekanligi taʼkidlanib, fuqarolar orasida huquqbuzarliklar sodir bölişining oldini olişda ularning huquqiy savodxonligini oşiriş muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶