Şavkat Mirziyoyevning «Yangi Özbekiston» gazetasiga bergan intervyusini öqib...
Men davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning «Yangi Özbekiston» gazetasiga bergan intervyularini öqir ekanman, yurtboşimizning har bir savolga bildirgan fikrlaridan ruhlandim hamda katta kuç va ğayrat oldim. Haqiqatan ham, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan demokratik islohotlar natijasida oçiklik va oşkoralik taʼminlanişida, jamoatçilik fikrini örganişda, ijtimoiy fikrni şakllantirişda va mavjud muommalarni bartaraf etişda sezilarli yangiliklar, ijobiy özgarişlarga sabab bölmoqda. Barça sohalar taraqqiyoti yölida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar zamirida mamlakat rivoji, xalk farovonligiga erişiş kabi ezgu ğoya mujassam.
Prezidentimiz öz sözlarda davlatning siyosiy-xukukiy nuktayi nazardan xalk xohiş-irodasini ifoda etadigan organ ekanligini taʼkidlab, barça sohada olib borilayotgan islohotlar jarayonida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” degan tamoyilning joriy etilişi muhim ahamiyatga ega ekanligini, xalq manfaatlari eng oliy mezon ekanligini qayd etdi.
Şuningdek, Prezident öz sözida xalq manfaatlari yölida olib borilgan keng qamrovli çora-tadbirlar natijasida “…bugungi Özbekiston – keçagi Özbekiston emas, bugungi xalqimiz ham keçagi xalq emas, deb aytişga barça asoslarimiz bor”, deya taʼkidlab, oldinda Yangi Özbekiston taraqqiyoti yölida turgan vazifalar xususida töxtaldi:
- “Ayni paytda yana bir haqiqatni unutmasligimiz lozim: bugungi Özbekiston – bu hali tom maʼnodagi, biz orzu qilayotgan, intilayotgan Yangi Özbekiston emas. Hali bu marraga yetiş uçun oldimizda juda olis va maşaqqatli yöl turibdi. Yölimiz şu paytgaça oson bölgani yöq, bundan keyin ham oson bölmaydi. Lekin biz dadil oldinga borişdan, kerak bölsa, kutilmagan, ammo pirovard natijasi samarali va xalqimiz manfaatlariga javob beradigan noanʼanaviy qarorlar qabul qilişdan çöçimasligimiz zarur”.
Mamlakatimizda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” tamoyili asosida amalga oşirilayotgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar bardavom bölaversin.
Maqsud Saʼdullayev, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Amudaryo tuman kengaşi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶