RAVON YÖLLAR obod manzillarga eltadi
Tumanimizda joylaşgan umum-foydalanuvdagi avtomobil yöllari 1979-yilda asfalt qilingan. Öşanda yöllarning asosi tayyorlanmasdan, asfalt yotqiziş işlari olib borilgani uçun işlar sifatsiz bajarilgan.
Respublikamiz mustaqillikka erişgandan söng, 1991-yildan şu kungaça eski tuproq yöllar va buzilgan, taʼmirga muhtoj yöllarga şagal qoplama, qora qoplama va asfalt yotqizilib, umumfoydalanuvdagi yöllarning qariyb 50 foizi, xöjaliklararo içki yöllarning 80 foizi qaytadan taʼmirlandi.
Ayni kunda tumanimiz hududida 340 kilometr umumfoydalanuvdagi, 710 kilometr xöjaliklararo içki yöllar mavjud bölib, bu yöllarning 200 km. qismini asfalt qoplama, 298 km. qismini qora qoplama va 319 km. qismini esa şağal qoplama taşkil etadi.
Ayniqsa, istiqloldan keyin taraqqiyotimizning boşqa sohalari kabi yöl qurilişi sohasiga ham hukumatimiz tomonidan eʼtibor kuçaytirilib, yangidan yöllar qurilişiga, mavjud yöllarni taʼmirlaş va saqlaş işlariga katta mablağlar ajratilmoqda.
Buning natijasida tumanimizda sönggi 7-yil içida (2007-2013-yillar) jami 123 kilometr yöllar taʼmirlandi, şundan 32 kilometr umumfoydalanuvdagi, 81 kilometr xöjaliklararo va 10 kilometr namunaviy uy-joy mavzelari yöllariga asfalt, qora qoplama va şağal toş yotqizilib, 16,2 mlrd. söm mablağ özlaştirildi.
Sobiq ittifoq davrida korxonamiz yillik iş hajmi soliştirma bahoda 500 mln. sömni taşkil qilgan bölsa, hozirgi kunga kelib bu körsatkiç 10 baravarga oşdi.
Yöl qurilişi va yöllarni taʼmirlaş işlaridan olingan daromaddan 2 ta oğir yuk kötaruvçi samosval, 2 ta transport traktori, 2 ta yuklagiç va boşqa texnikalar xarid qilinib, korxonaning moddiy texnika bazasi yanada mustahkamlandi.
Istiqlol tufayli yurtimizda yöl quriliş sohasiga katta eʼtibor qaratilib, nafaqat şahar markazlari, çekka qişloqlarda ham zamon talablari darajasiga javob beradigan ravon yöllar qurilayotganligi turmuşimizni yanada obod qilib, aholiga qulaylik yaratmoqda.
Olimboy ABDULLAYeV,
TYXPTFK direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶