YIĞIM-TERIM MAVSUMI – ENG MASʼULIYaTLI PALLA
Kuzning ilk kunlaridanoq yil böyi qilgan fidokorona mehnatlari mahsulini körişga oşiqqan dehqon ahli borki, dala-yu boğiga köçib çiqadi. Imkonlarini çamalab, hosil xirmonlarini bunyod etişga kirişadilar. Kuzning har bir daqiqasi, ayniqsa, paxtakorlar uçun yil sarhisobining zalvorli raqamlari qayd etiladigan palla. Çunki ana şu faslda yetiştirilgan paxta hosili yiğiştirib olinadi, közlangan rejalar, lafzlar yuksak hosil xirmonlarida namoyon böladi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi tantana qilingan joriy yilda amudaryolik paxtakorlar öz oldilariga ulkan marralarni qöydilar. MÇJ şaklidagi “Amdurayotex” xorijiy korxonasi klasteri bilan 350 ta paxtaçilik fermer xöjaliklari örtasida şartnomalar tuzilib, 15030 gektar yerga tumanimiz iqlim şaroitiga mos serhosil navli çigit ekildi.
Hosildorlikni har gektar hisobiga 27,2 tsentnerga, yalpi hosil xirmonini 45750 tonnaga yetkazişni rejalaştirgan fermer xöjaliklari rahbarlari joriy qişloq xöjaligi yilining barça mavsum yumuşlarini agrotexnika qoidalariga muvofiq taşkil etdilar.
Yuksak Amudaryo paxta xirmonini bunyod etiş uçun, sentyabr oyining ilk kunlaridanoq uyuşqoqlik bilan boşlangan terim surʼati tufayli hosil xirmonlari qad rostlay boşladi.
Mavsum davomida 12430 gektar maydonda defoliatsiya işlari sifatli olib borildi. Paxta yiğim-terimini kötarinki ruhda, uyuşqoqlik va jipslik bilan amalga oşiriş, terimçilar va köngilli haşarçilar uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş kabilariga alohida eʼtibor qaratildi. Şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, ğöza vegetatsiyasi davrida bajariladigan işlar uçun “Amdurayotex” xorijiy korxonasi klasteri tomonidan mehnatkaşlarning iş haqlarini öz vaqtida hisob-kitob qilib borişlari uçun fermer xöjaliklariga 100 mlrd. 148 mln. 954 söm pul mablağlari imtiyozli kredit hisobidan amalga oşirilgani bugungi yiğim-terim surʼatining yuqori bölişini taʼminladi.
Bundan taşqari, yetiştirilgan paxta hosilini kuzning izğirinli kunlariga qoldirmasdan yiğiştirib oliş uçun terimçilarning iş haqlari bosqiçma-bosqiç oşirib boriş tartibida hisob-kitob qilinişi belgilangani, qolaversa, yiğim-terim otryadlari rahbarlari işni töğri taşkil qilganligi, kunlik terim pullari keçiktirmasdan berib borilişi muvaffaqiyatli yutuqlarning garovi bölmoqda.
Ayni paytda paxta yiğim-terimining sifatli va samarali olib borilişida tumanda taşkil etilgan 290 ta terim otryadlari va ularning tajribali rahbarlari saʼy-harakatlari bilan fermer xöjaliklari dalalarida 23266 nafar terimçi yuksak unum bilan mehnat qilişmoqda.
Xususan, 1-sektor hududidagi fermer xöjaliklaridagi 78 ta otryad tarkibida 5442 nafar, 2-sektor hududidagi fermer xöjaliklarida 7826 nafar, 3-sektorda 7269, 4-sektorda esa 2729 nafar klaster va fermer xöjaliklari işçilari hamda uyuşmagan aholi vakillaridan iborat köngilli haşarçilar tumanning umumiy xirmoniga kuniga 200 tonnadan ortiq paxta terib topşirişmoqda.
Yuksak uyuşqoqlik va jipslik asosida taşkil etilgan “Paxta – 2021” yiğim-terim mavsumining samarasi esa zalvorli raqamlarda öz ifodasini topmoqda.
Dehqon va fermerlar uçun eng masʼuliyatli palla – kuzgi sarhisob onlari yaqin qoldi. Ana şunday masʼuliyatli davrda beliga etak boğlab, dalaga çiqqan har bir köngilli haşarçiga, dehqon va fermerlarga: “Hormang, lafzi halol, fidoyi va aziz paxtakorlar” – deymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶