Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengaşining 39-sessiyasi töğrisida axborot
27-oktyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdagi 39-sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Bahodir Tojiyev, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, korxona-taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar. Sessiya majlisini tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi hamda olib bordi.
Sessiya majlisida senator Bahodir Tojiyev sözga çiqib, joriy yil butun mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bölgan siyosiy yil bölib qolganligini, buning boisi butun dunyo hamjamiyati eʼtibor markazida bölgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bölib ötganligini alohida taʼkidladi. Senator öz sözida uşbu tarixiy, siyosiy jarayonni munosib ötkazişda katta tayyorgarlik körilganini, mamlakatimizning har bir fuqarosi Prezident sayloviga masʼuliyat bilan yondaşib, unda faol iştirok etganini, saylovlar xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida, uyuşqoqlik bilan amalga oşirilganini qayd etdi. Şu bilan birga mamlakat yangi taraqqiyot yöliga qadam qöyayotganini taʼkidlab, bu yölda barçani birdamlikka çorladi.
Sessiya majlisi kun tartibidagi qator masalalar yuzasidan masʼullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi, ular böyiça sessiya iştirokçilarining, deputatlarning fikr-mulohazalari eşitildi.
Dastlab kun tartibidagi dastlabki masala Amudaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar hududlarida 2021-yilning ikkinçi yarim yilligida amalga oşiriladigan işlar, “Yöl xaritalari”ning 3-çorakdagi ijrosi töğrisida bölib, uşbu masala yuzasidan tumandagi sektorlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Har bir sektor rahbari özi rahbarlik qilayotgan hududlarda aholi yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, mavjud muammo va kamçiliklarni öz vaqtida aniqlab, ularni bartaraf qiliş çoralari körilgani, bu borada joylarda sektorlar rahbarlari hamda korxona-taşkilotlar masʼullari iştirokida aholi murojaatlarini qabul qiliş böyiça sayyor qabullar, oçiq muloqotlar taşkil etilgani, aniqlangan muammolar esa tegişliça örganilib, ijobiy yeçimini topganligi xususida axborot berdi. Şuningdek, sektorlar rahbarlari öz hisobotlarida hududlarda aholining ijtimoiy kömakka muhtoj qatlami, ehtiyojmand oilalar bilan işlaş böyiça tizimli işlar olib borilgani, band bölmagan ayollar va yoşlar bandligini taʼminlaş böyiça qator samarali işlar amalga oşirilgani xususida töxtaldi.
Sektorlar rahbarlarining hisobotlari öqib eşittirilganidan söng ular yuzasidan deputatlarning fikrlari tinglandi. Söngra, tumanidagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi mudiri Akbarjon Xöjamuratov tumanda tadbirkorlar muammolari bilan işlaş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida axborot berdi.
Qayd etilişiça, qabulxona tomonidan 2021-yil 1-oktyabrgaça tadbirkorlar murojaatlarini qabul qiliş böyiça hududlarda 36 ta sayyor qabullar taşkil etilgan bölib, ularda, olib borilgan tarğibot-taşviqot işlari hamda ötkazilgan suhbatlar davomida qabulxonada jami 210 ta masala böyiça 208 ta murojaatlar röyxatga olingan. Murojaatlardagi masalalardan 139 tasi, yaʼni 67 foizi qanoatlantirilgan, 71 tasiga, yaʼni 33 foiziga huquqiy tuşuntirişlar berilgan.
Sessiya işida tuman Adliya bölimi boşliği Möʼminjon Matyusupov yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan, huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli taşkil etiş, bir xil huquqni qöllaş amaliyotini şakllantiriş, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinişini taʼminlaş, şuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oşirişning yaxlit tizimini joriy etiş kabi vazifalar ijrosi yuzasidan tumanda amalga oşirilgan işlar xususida axborot berdi.
Axborotda keltirilişiça, bölimga joriy yilning 9 oyi davomida jami 152 ta ariza va şikoyat kelib tuşgan bölib, murojaatlarning 139 tasi hal qilingan, şundan 73 ta ariza va şikoyatlar qanoatlantirilgan, 66 tasiga huquqiy tuşuntiriş berilgan. Bölim xodimlari tomonidan bevosita şaxsiy qabulda 135 nafar, sayyor qabullarda 29 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilingan hamda ular tegişliça qanoatlantirilgan.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala Amudaryo tumani xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 65-sonli maktabda böş (vakant) direktor lavozimiga ötkazilgan tanlov yakunlari böyiça nomzodga kelişim beriş töğrisida bölib, uşbu masala yuzasidan nomzod Şahnoza Xöjamuratovaning kelgusi 3-yilda amalga oşiradigan işlari böyiça dasturi tinglandi.
Nomzod Şahnoza Xöjamuratova öz dasturida maktabni malakali kadrlar bilan taʼminlaş, taʼlim sifatini oşiriş, öquvçilarning fanlar olimpiyadalaridagi faol iştirokini taʼminlaş, maktabdan taşqari taʼlim jarayonini taşkil etiş, ijtimoiy tarmoqlarda oçiq darslarni yoritib boriş, maʼnaviy-maʼrifiy işlarni rivojlantiriş kabi yönalişlar böyiça samarali faoliyat olib borişi xususida maʼlumot berdi.
Dastur öqib eşittirilganidan söng Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tavsiya qilingan nomzodga kelişim beriş böyiça yaşirin ovoz beriş jarayoni taşkil etildi. Dastlab deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi va yaşirin ovoz beriş byulletenlari tarqatildi. Ovoz beriş yakunlariga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Amudaryo tumani xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 65-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori lavozimiga Şaxnoza Xudjamuratova tayinlaş töğrisidagi tavsiyasiga kelişim beriş yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barça masalalar atrofliça körib çiqildi, barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi. Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶