28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:59
Adabiyot 👁 2,945

TUMAN MATBUOTI: YuTUQLAR VA ISTIQBOLLI REJALAR

TUMAN MATBUOTI: YuTUQLAR VA ISTIQBOLLI REJALAR

Ommaviy axborot vositalari har doim davlat va jamiyat taraqqiyotining koʻzgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida, jamiyatni ezgu gʻoyalar atrofida jipslashtirib, mamlakatni taraqqiy ettirishda asosiy vositalardan biri boʻlib kelgan.

Istiqlol yillari muhtaram Yurtboshimiz rahnamoligida barcha sohalar qatori ommaviy axborot vositalari uchun ham serqirra rivojlanish davri boʻldi.

Tumanimizda ham 4 ta ommaviy axborot vositasi – "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalari, Amudaryo televideniyesi va amunews.uz veb-sayti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Bundan 80-yil oldin – 1934-yilda tamal toshi qoʻyilgan tumanimiz matbuotining xalqni ezgulik gʻoyalari atrofida jipslashtirishdek sharafli vazifasini bugun "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi munosib davom ettirib kelmoqda.

Tumanimiz matbuotining shu kungacha yetib kelishida yuzlab fidoyi insonlarning mashaqqatli mehnati bor. Ularning oʻz sohasiga fidoyiligi natijasida tuman gazetasi sobiq ittifoq davrida ham yetakchi nashrlardan biri boʻlib kelgan. Bugun ana shu teran ildizlardan quvvat olib, ustozlarning sharafli ishlarini davom ettirayotgan "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati xodimlari ham koʻp yillik tarix va tajribaga ega nashrni yanada rivojlantirish, uning xalq bilan jipsligini taʼminlashdek ezgu maqsad yoʻlida ish olib bormoqda.

Har bir davrning matbuot zimmasiga yuklaydigan oʻziga xos vazifasi boʻladi. Bugungi shiddatli davr ommaviy axborot vositalaridan ham tezkorlikni talab qilmoqda. Bu borada tahririyatimiz tomonidan qator ishlar qilindi.

Jumladan, 2014-yildan boshlab "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining chiqish davriyligi oyiga 4-marta qilib belgilangani, gazeta "Mangʻit matbaasi” xususiy korxonasida – tumanimizning oʻzida chop qilinib, asosiy qismi obunachilarga tahririyat tomonidan yetkazib berilayotgani nashrning tezkorligini taʼminlamoqda. Tuman hokimligining topshirigʻiga asosan kelgusida tahririyatga yana bitta xizmat avtomashinasini xarid qilib, eng chekka ovul va mahallalarga ham gazetani chop qilingan kunda, belgilangan grafik asosida oʻz vaqtida yetkazib berish choralari koʻrilmoqda.

Aytish kerakki, tuman hokimligi tahririyatni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Tuman hokimining qaroriga binoan joriy yilning 15 iyulidan 15-avgustigacha "Mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati” mavzusida targʻibot oyligi oʻtkazilgani ana shunday eʼtibor namunasidir.

Amunews.uz veb-saytining ishga tushirilishi, uning mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi natijasida 2012-yilda tumanimizda ilk bora internet jurnalistikasiga tamal toshi qoʻyildi.

Bundan 2-3-yil oldin internetdagi qidiruv tizimlariga "Amudaryo tumani” deya soʻrov bergan foydalanuvchi faqatgina entsiklopedik manbalarda tumanimiz haqidagi berilgan maʼlumotlarga ega boʻlardi. Bugun esa ushbu veb-saytga tashrif buyurgan internet foydalanuvchilari barcha sohalardagi tumanimiz yangiliklari bilan tanishishi mumkin. Tahririyat oʻz oldiga kelgusida ushbu veb-saytning imkoniyatlarini yanada kengaytirish, uni nafaqat matn koʻrinishidagi, balki video-yangiliklar bilan boyitib borish orqali Internet tarmogʻida Amudaryo tumanining bugungi hayotini toʻlaqonli aks ettirishdek vazifalarni qoʻygan.

2014-yilda tuman matbuoti tarixida yana bir muhim yangilik roʻy berdi. "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining "Mening oilam” ilovasi mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi. Ushbu yangi nashr gazetxonlar tomonidan iliq kutib olindi.

Tan olish kerakki, hali nashrlarimiz bozor talablariga toʻliq javob beradi, deb ayta olmaymiz. Bu – faqat bizgagina xos muammo emas. Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida Oʻzbekiston bosma ommaviy axborot vositalari tahririyatlari oldida muhim vazifalar turibdi. Bir tarafdan, Oʻzbekistonda huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurilishi sharoitida kishilarni yuz berayotgan voqealardan oʻz vaqtida va xolisona xabardor qilish, jamoat fikrini shakllantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarni har tomonlama yoritish matbuot vakillarining dolzarb va kundalik vazifalaridir.

Boshqa tarafdan esa tahririyatlar oʻz nashrining oʻzinioʻzi qoplashi va foyda keltirishini taʼminlashlari kerak. Sababi bu – ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligining asosiy iqtisodiy shartidir.

Tahririyat "Mening oilam” ilova-nashrini rivojlantirish, kelgusida uning davriyligi va hajmini kengaytirish orqali uni bozorga olib chiqish, gazetani chakana savdo tarmogʻida tarqatish orqali oʻz faoliyatining iqtisodiy asoslarini mustahkamlashni maqsad qilib qoʻygan.

Kelgusidagi rejalardan yana biri – tahririyat xodimlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib ish sharoitlarini yaratish hamda ijodkorlarni gazeta faoliyatiga yanada koʻproq jalb qilish masalalaridir. Bu yoʻnalishdagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish, ijodga qiziquvchi yoshlarni maktab davrlaridanoq tanlab olish va ular bilan alohida ishlashish tizimini yoʻlga qoʻyish, alohida jamgʻarma tashkil qilib, ijodkorlar bilan ishlashishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, jamgʻarma tomonidan iqtidorli ijodkorlarning kitoblarini nashr qilish kabi masalalarni oʻz oldimizga reja qilib qoʻyganmiz.

Joriy yilda "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingani milliy jurnalistika rivojida muhim voqea boʻldi. Tahririyatimiz mazkur qonun bilan ommaviy axborot vositalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni roʻyobga chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan hamkorlikni yanada jonlantirish, ularning faoliyatiga koʻmaklashish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishiga koʻmaklashish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilab olgan.

Bir soʻz bilan aytganda, tahririyatimiz tuman ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy hayotida sodir boʻlayotgan yangiliklarni, voqea-hodisalarni xolis va haqqoniy tarzda yorituvchi materiallar hamda axborotlarni muntazam eʼlon qilib borish orqali mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy istiqlol gʻoyasini qaror toptirish, aholining axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirishga hissa qoʻshishni oʻz oldiga bosh maqsad qilib qoʻygan.

Shu maqsad va vazifalarni roʻyobga chiqarish uchun bor kuch va gʻayratimizni safarbar qilamiz.

GʻulomjonEshniyozov,

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi bosh muharriri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026