Amudaryo tumanida Içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri taşkil qilindi
Ona vatanimiz – Özbekiston tinçlik va osoyiştalik mamlakatidir. Tinç yurtda esa rivojlaniş va taraqqiyot böladi. Şuning uçun ham yurtimiz tinçligini köz qoraçiğidek asraş, uni himoya qiliş yoş-u keksaning muqaddas burçiga aylangan. Xalqimizning osoyiştaligini asraşda içki işlar idoralari xodimlarining xizmatlari alohida. Mamlakatimizda 25-oktyabr sanasi içki işlar organlari xodimlari kuni sifatida nişonlanişi soha xodimlarining xizmatlari yuksak qadrlanayotganidan dalolatdir. Har yili uşbu sana munosabati bilan soha xodimlari iştirokida bayram tadbirlari taşkil etilib, tinçligimiz posbonlarining kasb bayramlari munosib nişonlanadi.
Qolaversa, bu yil mustaqil Özbekiston Respublikasining Içki işlar vazirligi taşkil topganiga 30-yil töldi. Şu sababli bu gal soha xodimlarining kasb bayrami har doimgidan ham kötarinki ruhda, keng tarzda nişonlanmoqda.
Tinçlik va osoyiştalikni saqlaşda kun-u tun fidoyilik namunalarini körsatayotgan, jamoat tartibini saqlaş, jinoyatçilikning oldini olişdek şarafli va masʼuliyatli burçiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan içki işlar organlari xodimlari uçun 6-noyabr kuni Manğit şahridagi Madaniyat markazida katta bayram tadbiri taşkil etildi.
Bayram tadbirida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, deputatlar, davlat va jamoat taşkilotlari masʼullari, Içki işlar bölimida turli yönalişlarda xizmat qilayotgan xodimlar, sohada uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan faxriylar iştirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev sözga çiqib, barça içki işlar idoralari xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. Tuman hokimi tabrik nutqida el-yurt tinçligini asraş, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, bir söz bilan aytganda, muqaddas zaminimizdagi tinç va osuda hayotni taʼminlaşdek masʼuliyatli vazifalarini şaraf bilan ado etayotgan tinçlik posbonlariga ulkan zafarlar yor bölişini, mustahkam soğliq, uzoq umr, baxt-saodat, xonadonlariga qut-baraka, sermaşaqqat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Şuningdek, bayram tadbirida içki işlar sohasida uzoq yillar mobaynida fidokorona mehnat qilib kelayotgan faxriylardan Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV faxriylar kengaşi kotibi, isteʼfodagi podpolkovnik Abdulla Yöldaşev, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, isteʼfodagi podpolkovnik Erkin Rajabovlar sözga çiqib, barça hamkasblarni bayram bilan tabrikladilar.
Mehnat faxriylari taʼkidlaganlaridek, bugun içki işlar idoralari xodimlariga berilayotgan eʼtibor, şu barobarida soha xodimlarining masʼuliyati har doimgidan yuz karra oşgan. Ularning xizmatlari tufayli yurtimiz tinç, köngillarimiz xotirjam, farzandlarimiz baxtiyor. Içki işlar idoralari safida burçiga sodiq, Vatan uçun jonini ham berişga tayyor haqiqiy yurt himoyaçilari, fidoiy xodimlar soni tobora ortib bormoqda.
Şundan keyin sohada samarali faoliyat olib borayotgan, hamkasblariga namuna bölayotgan bir guruh içki işlar organlari xodimlari tuman hokimligining taşakkurnomasi hamda qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandi.
Bayram tadbiri Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligining aşula va raqs ansambli, tuman Madaniyat bölimining estrada xonandalari va sozandalari ijrosidagi ajoyib kuy-qöşiqlarga ulanib ketdi. Vatan, döstlik, tinçlik, sevgi-muhabbat, şukronalik mazmunidagi bir-biridan şöx-şodon taronalar bayramga kötariniki ruh bağişlab, barça yiğilganlarga yuqori kayfiyat ulaşdi.
Şundan söng tuman içki işlar bölimi xodimlari uçun “Nur” töyxonasida katta bayram dasturxoni yozildi. Soha xodimlari bayram dasturxoni atrofida dildan suhbat qurib, maroqli hordiq çiqardilar.
Fursatdan foydalanib, kunlarni tunlarga, tunlarni tonglarga ulab, Vatanimiz tançligi, osoyiştaligini taʼminlaş yölida xizmat qilayotgan barça içki işlar organlari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz! Siz bor ekansiz, yurtimiz tinç va hayotimiz farovon böladi, aziz posbonlar!
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶