Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov iştirokida yiğiliş bölib ötdi
Joriy yilning 8-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vaziri Mahmudjon Sodiqovlar iştirokida yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tumandan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, tuman Kengaşi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, tegişli korxona va taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdilar. Yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi hamda olib bordi.
Mazkur yiğiliş kun tartibida 2022-yil byudjet parametrlari möljallari muhokamasi töğrisidagi masala muhokama etilib, mavzu yuzasidan masʼullarning maʼruzalari, yiğiliş iştirokçilarining fikr-mulohazalari tinglandi hamda savollarga javoblar berildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov sözga çiqib, 2021-yilning 11-noyabr sanasida davlatimiz rahbari iştirokida 2022-yil uçun soliq tuşumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan ötkazilgan yiğilişda bu borada amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar belgilab berilgani xususida töxtaldi.
Taʼkidlanişiça, muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, odamlar hayotini yaxşilaş eng asosiy tamoyillar sifatida belgilanib, ular byudjetni şakllantirişda ham boş mezon bölişi, şu bois kelgusi yilga möljallangan davlat byudjeti loyihasida, avvalo, ijtimoiy yönalişlarga katta eʼtibor qaratilgan.
Xususan, taʼlim va tibbiyot tizimiga katta mablağ ajratilişi közda tutilgan bölib, uşbu sohalarda 55 ta yangi dasturlar amalga oşirilişi belgilangan. Jumladan, çekka joylarda 1 ming 600 ta bolalar boğçasi taşkil etiş, Milliy taʼlim dasturi doirasida 40 ta yangi maktab quriş va 235 tasini taʼmirlaş, darsliklarni yangilaş hamda kompyuter sinflari oçiş kabi köplab çora-tadbirlar möljallangan.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vaziri Mahmudjon Sodiqov sözga çiqib, davlat byudjeti loyihasida hududlar infratuzilmasini yaxşilaş masalalariga ham keng örin berilganligi, uy-joylar va ijtimoiy obʼektlar quriş, mahallalarni obod etiş çora-tadbirlari uçun katta mablağlar ajratilişi rejalaştirilganligi xususida töxtaldi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vaziri Mahmudjon Sodikov rejalaştirilayotgan mablağlarni tartibli, samarali tarzda joy-joyiga yetkaziş lozimligi, şu maqsadda har bir dastur böyiça ajratiladigan mablağlarni maqsadli körsatkiçlar bilan boğlagan holda, elektron nazorat tizimi joriy etilişi közlanayotgani, byudjet tizimida moliyaviy nazorat kuçaytirilayotgani, temir intizom bilan davlat xaridlari tizimida oşkoralikni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Yiğilişda mavzu yuzasidan deputatlar hamda iştirokçilar tomonidan qator savollar yöllandi. Masʼullar savollarga tegişliça javoblar keltirdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶