28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:54
Salomatlik 👁 484

Amudaryo tumanida tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi

Amudaryo tumanida tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi
Yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash, zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tibbiyot sohasi masʼullari boʻlgan shifokorlar zimmasiga sogʻlom turmush tarzini yaratish borasida yangi ustuvor vazifalar yuklanmoqda.
 
Maʼlumki, mamlakatimizda tibbiyot sohasi fidoyilarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida belgilanib, soha masʼullarining bayrami nishonlanadi.

Bu yil ham sharafli va masʼuliyatli soha masʼullarining kasb bayramlarini munosib oʻtkazish, ularni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida turli tadbirlar oʻtkazilib, bayram tantanalari tashkil etilmoqda. Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasida tumanizmizda aholi salomatligini mustahkamlashda oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelayotgan shifokor va hamshiralar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirini tashkil etishda Oʻzbekiston “Qizil yarim oy jamiyati” tuman boʻlimi ham tashabbuskorlik koʻrsatdi.

Bayram tadbirida tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Fahriddin Abdullayevlar soʻzga chiqib, mamlakatimizda tibbiyot sohasi xodimllarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtaldilar hamda barcha shifokorlarni bayram bilan tabrikladilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tumanda tibbiyot sohasi masʼullarining erishayotgan yutuqlari xususida soʻz yuritdilar hamda sohada samarali faoliyat yuritib kelayotgan, hamkasblariga namuna boʻlayotgan bir guruh shifokorlar tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Aytish kerakki, tuman Tibbiyot birlashmasida koʻp yillik tajriba hamda malakaga ega boʻlgan 313 nafar shifokorlar hamda oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyat yuritib, aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmatlar koʻrsatib kelmoqdalar. Tibbiyot birlashmasida sohada ilgari surilayotgan izchil islohotlar ijrosini taʼminlash borasida tizimli ishlar olibborilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Tibbiyot birlashmasidagi shifokorlar hamda oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat 87 ta “tibbiyot brigadalari” tashkil etilib, ular tomonidan 36157 ta xonadonda tibbiy xatlov amalga oshirilgan. Aholi oʻrtasida antropometrik oʻlchovlar amalga oshirilishi natijasida aholi 4 ta guruhlarga ajratilib, har bir guruh bilan alohida sogʻlomlashtirish va davolash ishlari olib borilmoqda.

Xalqimiz boshiga kelgan ogʻir sinovli kunlarda, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda tuman tibbiyot sohasi masʼullari ham qoʻlni qoʻlga berib, katta masʼuliyat bilan kasallik tarqalishining oldi olish, kasallikka chalingan bemorlarni sogʻlom hayotga qaytarish borasida kecha-yu kunduz, mashaqqatli mehnat qilishdi. Olib borilgan samarali ishlar natijasida tumanda ham COVID-19 infektsiyasi bilan bogʻliq holat barqaror holatga keltirildi.

Tuman Tibbiyot birlashmasida koronavirusga qarshi ommaviy emlash jarayonini oʻtkazish borasida samarali ishlar tashkil etilib, emlashni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tibbiyot xodimlari tomonidan aholi vakillariga kasallikka qarshi emlanishning xususiyatlari va afzalliklarini keng turda tushuntirish-targʻibot ishlari amalga oshirilib, insonlarni emlanishga jalb qilish choralari koʻrilmoqda.

Tadbir tuman madaniyat boʻlimi xonandalarining ajoyib kuy-qoʻshiqlariga ulanib ketdi. Bir-biridan shoʻx-shodon taronalar tadbirga koʻtarinki ruh bagʻishlab, barcha tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Shu fursatdan foydalanib, barcha tibboyot sohasi masʼullarini, tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlarini hamda xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz. Masʼuliyatli va mashaqqatli kasblarida katta sabr-matonat hamda kuch-gʻayrat tilaymiz. Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin, salomatlik posbonlari!
 
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati
🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026