MAHALLALARDA SUDYa VA AHOLI UÇRAŞUVI ÖTKAZILDI
Nukus şahridagi «Tele oray» , «Temir jol» , «Tunğiş qonis» “Turan” va “Tinişliq” mahallalarida Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi M.Kamolovlar tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpoğiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlaş, jinoyatçilik profilaktikasini yanada takomillaştiriş, odil sudlovni taʼminlaş va korruptsiyadan holi hududga aylantiriş böyiça Yöl xaritasi”ning 24-bandi ijrosini taʼminlaş maqsadida tadbirlar ötkazildi.
“Yöl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarda iştirok etgan Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi M.Karimboyeva hududlarda hukuqbuzarliklarning oldini oliş, jinoyatçilikka qarşi kuraşda amalga oşirilayotgan işlar töğrisida maʼlumotlar berdi. Şuningdek, 2021-yil 29-oktyabr kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş haqida gi ÖRQ-726-sonli Qonuni bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy Javobgarlik töğrisidagi kodeksi, Özbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Özbekiston Respublikasining Oila kodeksi va Özbekiston Respublikasining Soliq kodekslariga kiritilgan özgartirişlarning mazmun-mohiyatini tuşuntirdi. Tegişli maʼlumotlar va misollar keltirib, bu borada doimiy ravişda amalga oşirilişi lozim va şart bölgan çora-tadbirlar va vazifalar töğrisida batafsil sözladi.
Mazkur uçraşuvda fuqarolar yiğinlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, şuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, mavjud muammolarni ham örganib çiqdi. Yiğiliş iştirokçilari kun tartibidagi masala yuzasidan öz taklif, fikr va mulohazalarini bildirib, seminar majlisi davomida özlariga qiziqtirgan savollariga tegişli javoblarini olişdi.
M.Karimboyeva, Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶