Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari tayinlandi
Kamolov Nodirbek Shuhrat oʻgʻli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining 2021-yil 30-noyabrdagi farmoyishi bilan Amudaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
N.Kamolov 1993-yilda Amudaryo tumanida tugʻilgan. 2018-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2018-2019-yillarda Amudaryo tuman uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi bosh mutaxassisi, 2019-2021-yillarda Amudaryo tumani hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi vazifalarida ishlagan.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Amudaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Nodirbek Kamolovning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶