Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 42-sessiyasi töğrisida AXBOROT
2021-yil 15-dekabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining navbatdagi – 42-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya majlisida tuman Kengaşi deputatlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiya kotibligiga 8-Böston saylov okrugidan deputat Maxsud Sadullayev saylandi.
Sessiya kun tartibiga “Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi 20-sonli qarori ijrosi töğrisida”gi hamda “Amudaryo tumani xalq taʼlimi bölimiga qaraşli maktablarda böş (vakant) direktor lavozimiga ötkazilgan tanlov yakunlari böyiça nomzodga kelişim beriş töğrisida”gi masalalar kiritildi.
Sessiya kun tartibidagi birinçi masala böyiça tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilxom Palvanov hisobot berdi.
Hisobotda taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi 20-sonli qaroriga asosan fermer xöjaliklari va klasterlar foydalanişidagi past hosilli paxta va ğalla ekinlaridan qisqartirilgan yerlar hisobidan jami 2242 gektar yer maydoni fuqarolarga 10 sotixdan 1 gektargaça bölgan ölçamda oçiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida berilişi belgilangan. 2022-yilda 897 gektar yer maydonini şunday tartibda ajratiş közda tutilgan.
Hisobotda qişloq xöjaligida işlab çiqaruvçilarini yanada qöllab-quvvatlaş, fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalaniş samaradorligini taʼminlaş, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini köpaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar xususida keng turda maʼlumotlar berildi.
Sessiyada Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tumandagi 3-, 7-, 11-sonli maktablar direktorligi lavozimiga ötkazilgan tanlov yakunlari böyiça tavsiya qilingan nomzodlarga kelişim beriş masalasi ham körib çiqildi.
Deputatlar 3-sonli maktabi direktori lavozimiga nomzod Jetkerbay Ibragimov, 7-sonli maktabi direktori lavozimiga nomzod Atabek Xidirbayev va 11-sonli maktabi direktori lavozimiga nomzod Uluğbek Mamutovlarning kelgusi 3-yilda amalga oşiradigan işlari böyiça dasturlari bilan tanişdilar.
Söngra deputatlar orasidan sanoq komissiyasi aʼzolari saylanib, oçiq ovoz beriş natijalariga köra 3-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori lavozimiga Jetkerbay Ibragimovni, 7-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori lavozimiga Atabek Xidirboyevni, 11-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori lavozimiga Uluğbek Mamutovni tayinlaş töğrisidagi tavsiyalarga kelişim beriş haqida xalq deputatlari tuman Kengaşining qarori qabul qilindi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar atrofliça körib çiqildi va tegişli qarorlar qabul qilinib, şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶