28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:05
Siyosat 👁 344

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 44-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 44-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2021-yil 30-dekabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 44-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari masʼullari, boʻlimlar, tijorat banklari rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida dastlab Amudaryo tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2022-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi hamda ushbu masala yuzasidan tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda keltirilishicha, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun Mangʻit shahri markazida joylashgan 12 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida yer soligʻi stavkalari jismoniy shaxslarga 1 kv metr uchun 286 soʻm, yuridik shaxslarga 1 ga uchun 30 mln 800 ming soʻm miqdorida qilib belgilangan. Qolgan boshqa hududlarda esa jismoniy shaxslarga 1 kv metr uchun 200,2 soʻm, yuridik shaxslarga esa 1 ga uchun 21 mln 560 ming soʻm qilib belgilangan.

 Shundan soʻng, Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi toʻgʻrisida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, xususan, yangidan qurib foydalanishga topshirilgan hamda qayta taʼmirlangan mahalla fuqarolar yigʻini binolari haqida batafsil maʼlumot berildi. Bundan tashqari, 2021-yil davomida “Ayollar daftari” ga kiritilgan ayol-qizlarning hayotda oʻz oʻrnini topishlari uchun koʻrsatilgan moddiy, psixologik, ijtimoiy yordamlar haqida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek xisobotda, keksalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan ishlarning yil yakuni boʻyicha xulosasi bayon etildi.

Sessiya ishida Majburiy ijro byurosining tuman boʻlimi tomonidan yil yakuniga qadar amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻining bildirishnomasi tinglandi. Byuro tomonidan joriy yilda aliment, soliq, va jarimalarni undirish boʻyicha samarali faoliyat olib borilgan. Bildirishnomada qayd etilishicha, jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat boji, jinoiy va maʼmuriy jarimalar, davlat foydasiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotish evaziga tushgan mablagʻlarning 50 foizini “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-qoʻvvatlash maqsadida byuro tomonidan oʻtkazib berilishi belgilangan.

Sessiyada Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 47-sonli maktabda boʻshab qolgan direktorlik lavozimiga oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha nomzodga kelishim berish masalasi ham koʻrib chiqildi. Sessiya davomida direktorlikka nomzod Oʻktam Bekbergenovning maktabda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha kelgusi 3-yilda amalga oshiradigan maqsad va vazifalari aks etgan dasturi tinglandi.

Nomzodning dasturi oʻqib eshittirilganidan soʻng nomzodga kelishim berish masalasi boʻyicha ochiq ovoz berish jarayoni tashkil etildi. Deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi. Ovoz berish yakunlariga koʻra, Oʻktam Bekberganov 47-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimiga munosib deb topildi va tuman Kengashi tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiyada shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, ular yuzasidan deputatlar va sessiya ishtirokchilarining fikr-mulohazalari tinglandi hamda hisobotlar va axborotlar yuzasidan berilgan savollarga tegishlicha javoblar qaytarildi. Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi va shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026