Joriy yilda tuman böyiça 3588 nafar işsiz fuqaroga örtaça 25 sotixdan yer ajratiş rejalaştirilgan
21-yanvar kuni Amudaryo tumaniga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Madaminoviç Ğaniyev taşrif buyurdi.
Taşrifdan közlangan maqsad, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilgan “Meva-sabzavotçilik va uzumçilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, qişloq höjaligi işlab çiqarişida dehqon xöjaliklarining uluşini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni keng tarğib qiliş va uşbu qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida tumanimiz böylab amalga oşirilayotan işlar kölamini kengaytiriş yuzasidan örganiş işlarini olib boriş hamda fermer va dehqon xöjaliklari faoliyati bilan yaqindan tanişişdir.
Dastlab, Şuhrat Ğaniyev boşçiligidagi işçi guruh aʼzolari tumanimizdagi bir guruh masʼul xodimlar bilan birgalikda Çoyköl ovuli hududida joylaşgan “Manğit omad savdo” masʼuliyati çeklangan jamiyatining faoliyati bilan yaqindan tanişişdi. Barpo etilgan uzumzorlarni közdan keçirib xosildorlikni oşiriş böyiça zarur körsatma va tavsiyalar berib ötdi. Şuningdek, yangidan qurilayotgan dehqon xöjaligi maxsulotlarini sifatli tarzda saqlaşga xizmat qiluvçi muzlatgiç haqida maʼlumot berildi.
Şundan söng tuman xokimligining katta majlislar zalida Şuhrat Ğaniyev rahbarligida körgazmali seminar taşkil etildi. Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman hokimi örinbosarlari sektor rahbarlari, mahalla raislari, fermer va dexqon xöjaligi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Seminarda 2022-yilda fuqarolarga fermer xöjaliklarining past hosilli paxta va ğalla ekinlari maydonlarining qisqartirilgan yerlari hisobidan 10 sotixdan 1 gektargaça yer maydonlari oçiq elektron tanlov asosida berişni yölga qöyiş va mazkur işlar 2022-yildan 2025-yilgaça amalga oşirilib, uşbu muddat davomida umumiy hisobda 2242 gektar maydonlar işsiz fuqarolarga ajratib berilişi rejalaştirilganligi aytib ötildi.
Maʼlumot uçun, Amudaryo tumanining 18 ta hududida 307 ta fermer xöjaliklari taşkil etilgan. Umumiy ekin maydonlar 897 gektarni taşkil qiladi. Joriy yilda tumanimiz böylab 3588 nafar işsiz fuqaroga örtaça 25 sotixdan yer ajratilişi reja qilingan. Hozirgi kunda uşbu reja asosida loyihalar işlab çiqilib amaliy işlar yölga qöyilgan.
Ötgan yillar mobaynida davlatimiz rahbari tomonidan dehqon va fermer xöjaliklarini rivojlantirişga xizmat qiluvçi köplab qonunlar qabul qilindi. Uşbu qonun va farmonlarni hayotga tatbiq etiş natijasida yurtdoşlarimiz yuqori daromad manbaiga yega bölibgina qolmasdan bozorlarni xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlamoqda.
F.Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶