2021-yil yakuni böyiça tumanda barça toifadagi xöjaliklarda 171,5 ming boş qoramollar bor
Amudaryo tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi tomonidan çorvaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari va aholi ixtiyoridagi qoramollar hamda boşqa uy hayvonlarining turli mavsumiy kasalliklarga çaliniş holatlarining oldini olişga qaratilgan rejaviy çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Ayni paytda tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimida 28 nafar malakali mutaxassislar faoliyat olib borişmoqda. Hududlardagi viterinariya bölinmalarida 18 nafar veterinariya mutaxassislari iş yuritişmoqda. Ötgan 2021-yil davomida bölim tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi tomonidan belgilangan reja-tadbirlari asosida çorva mollarini kasalliklarga qarşi emlaş işlari olib borildi. Xususan, 50 ming 950 boş yirik şoxli, 12 ming 787 boş mayda şoxli qoramollar brutsellyoz kasalligiga, 177 ming 35 boş mayda şoxli, 108 ming 810 boş yirik şoxli qoramollar, 2 ming 576 boş eşak kuydirgi kasalligiga hamda 77 ming 185 boş yirik şoxli va 23 ming 630-mayda şoxli qoramollar oqsil kasalligiga qarşi emlandi.
Qişloq xöjaligi hayvonlarini har xil parazitar kasalliklarga qarşi çömiltiriş böyiça samarali işlar olib borilib, 162 ming 342 boş yirik şoxli va 1 ming 148 boş mayda şoxli mollarda çömiltiriş va terisini tozalaş işlari amalga oşirildi.
Tumanida 2021-yil barça toifadagi xöjaliklarda 171,5 ming boş qoramollar mavjud bölib, şundan 49,1 ming boşi sigirlardan iborat. Xususan, çorvaçilik xöjaliklarida hozirgi vaqtda jami 4,1 ming boş qoramollar mavjud bölib, şundan 1,7 ming boşi sigirlardir.
Ötgan yilda tumanimizda nasldorlikni oşiriş böyiça olib borilayotgan işlar natijasida nasldor mollarni köpaytiriş, naslini yaxşilaş, samaradorligini oşiriş, iqlim şaroitiga moslaştirişga alohida eʼtibor qaratildi. Amalga oşirilişi rejalaştirilgan çorvaçilik loyihalari hisobidan çet davlatlardan mahalliy şaroitga moslaşuvçan 485 boş naslli qoramollar olib kelinib, parvarişi yölga qöyildi. Natijada tumanimizda yil davomida çorvaçilik mahsulotlari işlab çiqariş salmoği oşdi, barça toifadagi çorvaçilik xöjaliklarida tirik vaznda 10.1 tonna göşt, 35,3 tonna sut mahsulotlari yetiştirildi.
Ozuqabop ekinlarini joylaştiriş, çorvaçilik ozuqa bazasini mustahkamlaş hamda yerlardan samarali foydalaniş maqsadida ötgan 2021-yilda çorvaçilik xöjaliklariga ajratilgan 1 ming 514 gektar asosiy maydonlarga, jumladan, 482 gektarga beda piçani uçun, 361 gektarga kök massa uçun, 252 gektar yerga silos uçun makkajöxori, 168 gektar oq jöxori, 85 gektar yerga xaşaki lavlagi ekinlari turlari ekildi.
Çorvaçilik xöjaliklari tomonidan 2021-yilda ekilgan ozuqabop ekin maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşiriş hisobiga jami 10280 tonna ozuqa birligi yaratilib, 2276 tonna beda piçani, 982 tonna beda kök öt massasi, 396 tonna xaşaki lavlagi, 979 tonna oq jöxori doni, 733 tonna oq jöxori poyasi, 4915 tonna silos uçun yaşil makkajöxori poyasi yetiştirilib, bu ozuqabop ekinlarning asosiy qismi takroriy ekin sifatida ekildi. Şuningdek, “Polvonvoy ovuli” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan 1,5 tonna ozuqabop mahsulot yetiştirişga möljallangan zamonaviy gidroponika tsexi işga tuşirilib, qoramollarning ozuqa bazasini mustahkamlaş imkoni yaratildi.
Amudaryo tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi xodimlari iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz farovonligiga hissa qöşiş yölida samarali mehnat qilmoqdalar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶