Ösimliklarni biologik himoya qiliş sifati oşadi
Butun dunyo boşidan keçirayotgan murakkab va qaltis vaziyat – koronavirus pandemiyasi agrar sohaning örni va ahamiyati qançalik muhim ekanligini yaqqol namoyiş etmoqda.
Mamlakatimizda mavjud resurs va imkoniyatlarni işga safarbar etib, ekin ekiladigan maydonlardan oqilona foydalaniş evaziga yuqori hosil yetiştirişga erişilmoqda. Bu ham qişloq xöjaligida band bölganlar moddiy manfaatdorligi oşişiga, ham xalqimiz dasturxoni arzon va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan tökin bölişiga zamin yaratmoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining “Respublikada ösimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qabul qilinişi qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişning muhim asoslaridan biri - ösimliklarni turli kasalliklardan va zararli haşarotlardan himoya qiliş sifatini oşirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspektsiyasi negizida Özbekiston Respublikasi ösimliklar karantini va himoyasi agentligi taşkil etildi hamda zararli organizmlarga qarşi kuraş tadbirlarini amalga oşirişda agronom, fitopatolog, entomolog, xim-biolog bölgan mutaxassislarni öqitilib, malakasini oşiriş orqali ösimliklar klinikalari, biolaboratoriyalarga işga jalb qilinmoqda.
Tumanimizda uşbu agentlikning 10 nafar mutaxassislardan iborat tuman bölimi taşkil etilib, öz faoliyatini olib bormoqda.
Yaqinda uşbu bölim taşabbusi bilan Tölqin ovulida faoliyat yuritayotgan “Amu-Tölqin bioservis” masʼuliyati çeklangan jamiyatida Prezidentimizning “Respublikada Ösimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyati va 2022 qişloq xöjaligi yilida ekinlardan möl hosil olinişiga erişişda amalga oşiriladigan işlarga bağişlangan seminar bölib ötdi.
Seminarda Özbekiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman bölimi mutaxassislari, ovuldagi fermer xöjaliklari raislari, tomorqa va issiqxonalar egalari, şuningdek, “Amu-Tölqin bioservis” masʼuliyati çeklangan jamiyati xodimlari iştirok etdilar.
Tadbirda Agentlikning tuman bölimi boşliği Komiljon Bobojonov 2022-yilda ekinlardan möl hosil olinişiga erişişda ösimliklarni biologik himoya qiliş borasidagi rejalar, uşbu usulning samaralari haqida tuşunçalar berdi.
Maʼruzada taʼkidlanganidek, joriy yilda tumanda 13 ming 900 gektar paxta, 2 ta ğallaçilik klasteriga qaraşli 6 ming gektar buğdoy maydonlarini kasalliklardan va zararli haşarotlardan biologik himoya qiliş yuzasidan fermer xöjaliklari rahbarlari tumandagi 16 ta biolaboratoriyalar va 2 ta ösimliklar klinikalari bilan şartnomalar tuzilgan.
Şuningdek, bundan taşqari tomorqa yerlar va issiqxonalardagi ekinlarga ham biohimoya bilan işlov beriş imkoniyatlari yaratilgan. Bu bilan aholi tomorqalarida ekologik xavfsiz va toza mahsulot yetiştirilişiga zamin yaratiladi.
Seminar iştirokçilari özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar va ösimliklarni biologik himoya qiliş borasidagi yangiliklardan batafsil xabardor böldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶