AMUDARYoDA YoĞ-MOY IŞLAB ÇIQARIŞ YÖLGA QÖYILADI
Amudaryo tumanida masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasida paxtaçilik-töqimaçilik klasteri taşkil etilganligi sohada muhim yuksalişlarga asos bölmoqda. Klaster tizimi paxtani ekişdan to hosilidan tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan jarayonlarni yagona texnologik zanjirga birlaştiradi. Bunda ilm-fan, hamda işlab çiqariş integratsiyasi çuqurlaşadi, yangi innovatsion texnoloniyalarni amaliyotga joriy etişga qulay şaroit yaratiladi.
Paxtaçilik-töqimaçilik klasteri yer maydonlarida intensiv texnologiyalarni işlab çiqarişga keng joriy etiş orqali paxtaçilikdan yuqori hosil olinib, fermer xöjaliklari iqtisodiyoti barqarorlaşdi. Texnik taʼminoti yaxşilanib, qişloq xöjaligi mehnatkaşlari moddiy manfaatdorligi oşişiga asos bölmoqda.
Uşbu paxtaçilik-töqimaçilik klasteri tumanimiz fermer xöjaliklarida yetiştirilgan paxtani qayta işlaş uçun sobiq “Amudaryo paxta tozalaş zavodi”ning bino va inşootlarini beş yil muddatda tölaş şarti bilan sotib olib, öz tarkibiga qöşdi. Hozirgi kungaça mazkur zavodda tozalanib, çigitidan ajratilib, tola holiga keltirilgan paxtadan “Amudaryotex” xorijiy korxonasida kalava ip tayyorlanib, çigiti çetga sotilayotgan edi.
Ayni kunlarda klaster korxonada uşbu çigitlardan yoğ-moy işlab çiqariş maqsadida 4 million 300 ming dollarlik loyihani işga tuşiriş uçun saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Loyihaga muvofiq zarur uskunalar, texnologiyalarni olib kelib örnatiş işlari qizğin davom etmoqda. Texnologiyalarni örnatiş işlariga malakali mutaxassislar jalb etilgan bölib, ularning unumli işlaşlariga zarur şaroitlar yaratilgan. Loyiha qurilişi tugallansa, paxtaçilik-töqimaçilik klasterida paxtadan mahsulot işlab çiqariş turlari yana bittaga köpayadi. Yiliga 10 ming tonna ösimlik moyi işlab çiqariş quvvatiga ega loyiha qurilişi tugallansa, bu yerda yana 100 ta yangi iş örni yaratiladi.
Masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxona paxta-töqimaçilik klasterida kelgusida amalga oşirilişi möljallanayotgan rejalar talaygina. Xususan, 2024-2025-yillarda 5 million pogonometr kalava ip işlab çiqariş, 2025-2026-yillarda işlab çiqarilgan kalava iplarni töqimaçilik mahsulotlariga aylantiriş kabi loyihalar ham közda tutilgan. Yaʼni dehqonlarimiz yetiştirgan paxta hosili şu yerning özida tozalanadi, tola işlab çiqarilib, tola kalava ipga aylantirilib, töqimaçilik mahsuloti, yaʼni gazlama işlab çiqariladi. Natijada yana qöşimça 2 ming işçi örin yaratiladi, mahsulot eksporti kölami ham ortadi. Bu öz-özidan ayonki, uşbu jarayonlarda iştirok etadigan dehqonlar-u işçilarning manfaatdorligi ortadi, turmuşi yana ham farovon böladi.
Klaster korxonasining moddiy qöllab-quvvatlaşi natijasida joriy yilda ham paxtadan möl hosil yetiştiriş uçun puxta zamin yaratildi, yerlar lazer uskunasi yordamida tekislanib, suğorilmoqda, ekiş mavsumiga texnikalar taʼmirlanib tayyorlandi, paxtani zararli haşarotlardan, kasalliklardan va yovvoyi ötlardan biologik himoya qiliş çora-tadbirlari olib borilmoqda.
Bu öz navbatida tumanimiz iqtisodiyoti yuksalişiga, xalqimiz turmuşi sifati yaxşilanişiga muhim hissa bölib qöşiladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶