GULDONANING YuTUQLARI
Tölqin ovulidagi 32-sonli umumiy örta taʼlim maktabining 10-sinf öquvçisi Guldona Töliboyevaning tengqurlaridan ajralib turadigan xislatlari köp. U maktabida aʼlo baholarga öqiş bilan birga badiiy kitoblarni köp mutolaa qiladi. Maktabda ona tili va adabiyot, ingliz tili fan tögaraklariga, sportning voleybol, şaxmat turlari böyiça tögaraklariga faol qatnaşib, tengdoşlariga namuna bölayotir.
Guldonaning intilişlari samarasidan ustozlari va ota – onasining quvonçi çeksiz.U tumanimiz maktablari öquvçilari orasida ötkazilgan “Men sevgan badiiy asar”, “Özbek tili -iftixorim” mavzularidagi inşolar tanlovida ğolib böldi. Uning yana bir yutuği 2021-2022 öquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida özbek tili va adabiyot fanidan birinçi örinni egallab, respublika miqyosidagi bosqiçida iştirok etib qaytdi. Şuningdek, Tölqin ovul fuqarolar yiğini yoşlar yetakçisi tomonidan ovul yoşlari orasida sportni ommalaştiriş , ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida ötkazilayotgan sport musobaqalarda 11 nafar tengdoşlari bilan voleybol böyiça iştirok etib, jamoasining ğoliblikni qölga kiritişiga ham ulkan hissa qöşayapti.
Mamlakatimizda öquvçi yoşlarning öqib –intilişlari, öz intellektual salohiyatlarini namoyiş etişlari uçun yaratilayotgan imkoniyatlar Guldonaning orzulariga qanot bölayotir. Uning rejalagan niyatlari köp. Öz bilimini oşiriş uçun öqib örganişdan, intilişdan çarçamaydigan Guldonaning hali muvaffaqiyatlari oldinda.
Fozilbek QURBONBOYeV,
Tölqin OFY yoşlar yetakçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶