28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:35
Jamiyat 👁 329

Toshqalʼa mahallasi yoshlari yaratilayogan imkoniyatlardan unumli foydalanishmoqda

Toshqalʼa mahallasi yoshlari yaratilayogan imkoniyatlardan unumli foydalanishmoqda

Maʼlumki, 2021-yil 12-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorga muvofiq, 2022-yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga yillik 14 foiz stavkada 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan kredit ajratilishi belgilangan.

 Eʼtiborlisi, kreditlar 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarga mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida berilsa, 30 yoshdan yuqori aholiga mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman hokimi yordamchisi tavsiyasi asosida beriladi.

Amudaryo tumanining Toshqalʼa mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi Botir Norimbetov hamda mahalladagi yoshlar yetakchisi Izzat Qurbanbayevlar oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha samarali tarzda faoliyat olib borishmoqda.

Jumladan, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tomonidan xatlovlar oʻtkazilib, tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar aniqlandi. Xatlovlar jarayonida har bir yosh bilan suhbatlar oʻtkazilib, tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi va onlayn elektron auktsionda qatnashish shartlari tushuntirib borildi.

Yaratilayotgan qoʻlay imkoniyat va shart-sharoitlardan vaqtida foydalanish zarurligini yaxshi anglagan yoshlardan Muhayyo Eshboyeva, Iroda Rajabboyeva, Ogʻabek Yoʻldashev, Alisher Xoʻjaqov, Rahmatjon Kenjayev, Doniyor Qurolbayev, Ahmadjon Ortiqov, Sherali Ortiqovlar onlayn auktsionda qatnashib, gʻolib boʻlishdi hamda 25 sotxdan yer maydonlarini ijaraga olishdi.

Bundan tashqari, Goʻzal Soatbayeva, Ahmad Masharipov hamda Maftuna Omonbayevalarga 9 mln 800 ming soʻm miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilib, ushbu imtiyozli kreditlar evaziga motokultivator olib berildi. Shuningdek, Quvonchbek Ibodullayevning ham murojaatlari inobatga olinib 33 mln soʻm miqdorda imtiyozli kredit ajratildi va yuk tashishga moʻljallangan mototsikl olib berildi.

Bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar koʻlami har qachongidan ham yuqori. Ayniqsa, soʻnggi yillar davomida imkoniyat va imtiyozlar koʻlami sezilarli darajada oshdi. Yoshlarga berilayotgan bu eʼtibor bugungi kunga kelib oʻz mevasini bermoqda. Oʻz biznesini yoʻlga qoʻyib, tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan yoshlar safi kun sayin ortmoqda. Bu esa oʻz navbatida xalqimiz farovonligi, yurt ravnaqiga puxta zamin yaratadi. Zero, aynan bugungi yoshlar ertangi kunimizning egalari, Uchinchi Renessansning bunyodkorlari boʻlishadi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026