“MIRZO ULUĞBEK VORISLARI” TANLOVINING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILDI
Mamlakatimizning zukko, ilmli, maʼrifatli va intiluvçan yoşlari uçun özligini namoyon etişlari uçun yana bir imkoniyat yaratildi.
“Isteʼdodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, “Uluğbek jamğarmasi faoliyatiini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumatimiz qaroriga muvofiq endilikda 2022-yildan boşlab, har yili “Mirzo Uluğbek vorislari” respublika tanlovi ötkaziladi.
Qarorda belgilanişiça, isteʼdodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş “Uluğbek” jamğarmasi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamkorligida taşkillaştirilib, uşbu tanlovda 16 yoşdan 25 yoşgaça bölga yoşlar iştirok etişi mumkin.
Iqtidorli yoşlarni kaşf qiliş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlarni yanada jadallaştiriş, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qiliş, olis hududlarda istqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, könikma va malakasini oşiriş, innovatsion ğoyalarini amaliyotga tatbiq etiş va hayotda öz örinlarini topişiga kömaklaşiş maqsadida taşkil etilgan tanlovning ilk bosqiçi Amudaryo tumanida şu yil 16-mart kuni bölib ötdi.
Tuman Madaniyat saroyida bölib ötgan tanlovda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy innovatsion rivojlaniş boşqarmasi, “Yoşlar kelajagimiz” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali boşqarmasi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi masʼullari iştirok etib, tanlovning saralaş bosqiçi, yaʼni testdan muvaffaqiyatli ötgan 10 nafar isteʼdodli yoşlarning innovatsion loyihalarini körib çiqdilar.
Uşbu tanlovni ötkaziş yuzasidan hukumatimiz qabul qilgan qarorda tanlovning birinçi bosqiçi tuman va şaharlarda fevral-mart oylarida ötkazilişi, unda eng yuqori natijaga erişgan 5 nafardan nomzodlar 2-bosqiçiga iştirok etiş huquqini qölga kiritişi belgilangan.
Şunga muvofiq tumanimiz ötkazilgan tanlovda 5 nafar isteʼdodli yoşlar ğolib deb topilib, keyingi bosqiçga yöllanma berildi hamda maxsus sertifikat, bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari, yaʼni 1 million 350 ming söm pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Tanlov ğoliblari endi şu yilning aprel oyida ötkaziladigan “Mirzo Uluğbek vorislari” tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok etib, öz intellektual salohiyatini sinovdan ötkazadilar.
Uşbu tanlovning ikkinçi bosqiçi ğoliblari bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari, Respublika bosqiçi ğoliblari esa 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti, diplom bilan taqdirlanadi.
Tanlovning ilk bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan tumanimizning iqtidorli yoşlarining keyingi bosqiçlarda ham ğoliblikka erişişlarini tilab qolamiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶