GULZOR MAHALLASIDA YaNGI ZAMONAVIY SAVDO VA XIZMAT KÖRSATIŞ ŞOXOBÇASI IŞGA TUŞDI
Mamlakatimiz iqtisodiyotida kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning örni va mavqei tobora oşib bormoqda. Tadbirkorlik subʼektlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş yuzasidan amalga oşirilayotgan keng kölamli çora-tadbirlar mulkdorlar safi ortib, içki bozorni raqobatbardoş mahsulotlar bilan töldirib, yangi iş örinlarini yaratiş barobarida aholi daromadlarini köpaytiriş va turmuş farovonligini oşirişga xizmat qilayotir.
Muhtaram Yurtboşimiz taşabbusi bilan mamlakatimiz ovul va mahalla, şaharça fuqarolar yiğinida hokim yordamçilari faoliyati yölga qöyilgani, ular aholi bilan yaqindan tanişib, turmuşi sifatini yaxşilaş, kambağallikni qisqartiriş borasida köpgina xayrli işlarni amalga oşirayotgani xalqimizning haqli eʼtirofiga sazovor bölmoqda.
Amudaryo tumanida iş boşlagan hokim yordamçilari ham öz hududlari aholisi hayoti bilan yaqindan tanişib, xatlovdan ötkazib, zarur hollarda amaliy yordamlar bermoqdalar.
Yaqinda Manğit şahrining Gulzor mahallasida tadbirkor Rasul Yangiboyev loyiha qiymati 2 milliard sömlik yangi, zamonaviy, uç qavatli savdo va aholiga xizmat körsatiş şoxobçasini işga tuşirdi. Bu mablağning 1 milliard sömi tadbirkorning öz mablaği, 1 milliard söm esa mahalladagi hokim yordamçisi Akbar Rajabov tomonidan berilgan tavsiyanoma asosida olingan imtiyozli bank kreditidir. Uşbu binoda “Har bir oila - tadbirkor” dasturi asosida hokim yordamçisi tavsiyanomasiga köra 33 million söm imtiyozli kredit olgan yana bir ayol Muyassar Abdullayeva tikuvçilik yönalişida tadbirkorlik faoliyatini boşladi. Şoxobça işga tuşirilişi natijasida bu yerda 8 ta yangi iş örni yaratildi.
Mahalla fuqarolari orasida hokim yordamçisining yordami bilan banklarning imtiyozli krediti hisobiga tadbirkorlik faoliyatini boşlagan, oilasi iqtisodini yuksaltirişga intilayotganlar köp. Kam taʼminlangan oila röyxatida turgan Jörabek Sobirboyev, Sanobar Qöçqorov, Botir Saʼdullayevlar 33 million sömlik bank krediti hisobiga öz oilalarida nasldor qöylar parvarişlaşni boşlaşdi. Ozoda Habiyeva, Feruza Matkarimova, Madina Boltaboyevalar esa kredit mablağlari hisobiga zamonaviy tikuv maşinalari sotib olib tikuvçilik tsexi faoliyatini yölga qöyişdi.
Joriy yil boşidan mahalladagi kam taʼminlangan oilalarning 4 tasiga subsidiya asosida issiqxonalar qurib berildi. Natijada 22 nafar işsiz fuqarolar bandligi taʼminlanib, doimiy daromadga ega böldilar, 18 nafar işsiz fuqarolar öz-özini band qilişga erişdilar.
Şuningdek, “Mangit city” masʼuliyati çeklangan jamiyati 225 million söm imtiyozli bank krediti hisobiga avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasiga yangi zamonaviy uskunalar sotib olib, öz faoliyatini kengaytirdi.
Amalga oşirilayotgan buningdek saʼy-harakatlar yurtdoşlarimiz turmuşi sifati oşişiga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶