QORAQALPOĞISTONDA XIZMAT KÖRSATGAN MADANIYaT XODIMI GULMIRZA NURMATOVNING 80YILLIK YuBILEYI KENG NIŞONLANDI
Hayotda şunday insonlar böladiki, ularning faoliyati nafaqat öz jamoasi yutuqlariga, balki öşa soha rivojiga ham munosib hissa bölib qöşiladi. Uzoq yillar tumanimizdagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabini, tuman Madaniyat bölimini mahorat bilan boşqargan, yoşligidan to nuroniy yoşigaça tumanimizda sanʼatni rivojlantirişga, yoş isteʼdodlarni izlab topiş, ularning iqtidorini yuksaltirişga baxşida qilgan taniqli hofiz, bastakor, köplab yoşlarning ustozi Gulmirza Nurmatovni ana şunday insonlardan biri desak, mubolağa bölmaydi.
Gulmirza Nurmatov şu yilning 2-aprelida tabarruk 80 yoşini qarşi oldi. Şu munosabat bilan 1-aprel kuni tuman Madaniyat bölimida otaxon sanʼatkor bilan ijodiy uçraşuv bölib ötdi. Tadbirga soha xodimlari, Gulmirza Nurmatov bilan hammaslak bölib işlab, ayni kunda keksalik nafaqasiga çiqqan qadrdonlari, şogirdlari, döstlari iştirok etdilar.
Tadbirni tuman Madaniyat bölimi xodimi Oybek Begimov boşqarib bordi. Dastlab sözga çiqqan Gulmirza Nurmatovning sobiq hamkasbi Omonboy Hasanov yubilyarning hayoti, mehnat faoliyati va tumanimizda sanʼatni rivojlantirişdagi xizmatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Taʼkidlanganidek, Gulmirza Nurmatovni yoşligidayoq ustoz sanʼatkorlar Nazir Nahimov, Usmon Ahmedov, Rajabboy Bobojonovlar öz saflariga çorlagan, turli tadbirlarda, kontsert dasturlarda birga qöşiqlar ijro etib, hamkorlikda mehnat qilişgan.
Gulmirza Nurmatov sohir ovoz bilan kuylagan qöşiqlari tumanimizgina emas, respublikamiz miqyosida köplab tomoşabinlarga manzur bölgan. U uzoq yillar 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga, tuman Madaniyat bölimiga rahbarlik qilgan, sohadagi fidoyi xizmatlari tufayli “Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.
Gulmirza Nurmatov tumanimiz miqyosida ötkaziladigan ommaviy bayram, sayllarda xor ijroçiligi, guruh raqslarini joriy etgan, tomoşagohda fon yaratişni olib kirgan.
Tadbirda Qorqalpoğiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlikni rivojlantiriş sektori rahbari Nurmuhammad Jiyanboyev tabrigidan söng tuman hokimligi taşkiliy-kadrlaş guruhi yetakçi mutaxassisi Ozod Almurodov, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği örinbosari Bahodir Boltaboyev, mehnat faxriysi Rustam Rözmetovlar yubilyarga tuman hokimligining sovğalarini topşirdilar va qutluğ 80 yoşi bilan qutladilar.
Aytiş joizki, bir vaqtlar tumanimizda Hayitboy bolomonçi ismli kişining çalgan surnay, bolomon ohanglari odamlarga juda manzur bölgan. U kişining vafotidan söng bu asboblarni çaladigan odam qolmagani, biroq musiqa va sanʼat maktabida qiziquvçilar köpligini inobatga olib va sanʼatning uşbu turi yöqolib ketmasligi uçun şunçaki bir havaskor surnay çaluvçi kişini öqituvçi maktabga işga olib, surnay sinfini oçgan va keyinçalik uşbu asbobni çaluvçi profissional kadrlar yetişib çiqişiga sababçi bölgan. Hozirgi 9-sonli va 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktablari ham aynan Gulmirza Nurmatovning saʼy-harakatlari bilan qurilgan. “Jayxun möʼjizalari” sahna tsirk jamoasi ham uning taşabbusi bilan taşkil etilgan.
Gulmirza Nurmatovning buningdek fidoyi xizmatlarini butun xalqimiz haqli ravişda eʼtirof etadi. Bu tadbirda ham yaqqol namoyon böldi.
Taʼlim faxriysi Ahmad Maşaripov, tuman Madaniyat bölimida uzoq yillar kutubxonlar tarmoğiga rahbarlik qilgan Gulçehra hoji opa Dösimbetova, taniqli hofiz Anvar Xudoyberganovlarning tabriklaridan söng tumanimiz sanʼatkorlari ijrosida Gulmirza Nurmatov kuy bastalagan qöşiqlar ijro qilindi.
Tadbir söngida Gulmirza Nurmatov öziga körsatilayotgan hurmat-ehtirom uçun taşkilotçilarga, barça iştirokçilarga minnatdorçilik bildirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶