28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:07
Siyosat 👁 252

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTsIYaSI – INSON HUQUQLARI KAFOLATI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTsIYaSI – INSON HUQUQLARI KAFOLATI

Keyingi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali taʼminlash boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuni eʼtirof etish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh qomusi – Konstitutsiyasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq har bir fuqaro oʻzining huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, lavozimli shaxslarning, jamoat birlashmalarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilish huquqi kafolatlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan meʼyor va printsiplar demokratik huquqiy davlat qurish, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda muhim hujjat boʻlib hisoblanadi.

Ushbu hujjatlarga asoslangan holda fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo sudi tomonidan 2022-yilning 1-yanvaridan 18-mart holatiga fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoyalanishini taʼminlash, ishlarni qonunda belgilangan muddatlarda sifatli koʻrib chiqish va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida targʻibot ishlarini olib borishda bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning boshidan buyon 683 ta ish koʻrib, tamomlandi. Shularning 515 tasi boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarilgan va 488 ta ish boʻyicha daʼvo arizalar qanoatlantirilgan, 27 ta ish boʻyicha daʼvo arizalar rad etilgan, 168 ta ish boʻyicha ajrimlar chiqarilgan boʻlib, 3 ta ish yuritishdan tugatilgan, 165 ta ariza koʻrmasdan qoldirilgan.

Fuqarolik ishlarini koʻrish jarayonida taraflar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar natijasida kelgusida jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib kelishi ehtimoli aniqlangan holatlar yoʻq. Buyruq tartibida jami 535 ta arizalar boʻyicha fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi buyrugʻi chiqarilgan.

Yil boshidan fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudida koʻrib chiqilgan fuqarolik ishlarining 644 tasi daʼvo tartibidagi ishlar, 39 tasi alohida tartibda koʻriladigan, yaʼni yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni tasdiqlash, farzandlikka olish, fuqaroning muomala layoqatini yoʻqotgan deb topish boʻyichadir.

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda ularning huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda amal qilayotgan va yangidan qabul qilinayotgan qonunlardan xabardorligini taʼminlash va fuqarolik burchlarini toʻla anglashlariga erishish maqsadida fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan joriy yilimizning shu kunigacha 15 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, ularda 204 nafar fuqarolar qamrab olindi.

Keyingi yillarda odil sudlovni amalga oshirish, jarayonlarning shaffofligini taʼminlash va aholining sudlarga ishonchini mustahkam maqsadida sud tomonidan fuqarolik ishlarini sayyor sud majlislarida koʻrish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudida joriy yilning shu kunigacha 214 fuqarolik ishlari sayyor sud majlislarida koʻrildi va jarayonni keng jamoatchilik kuzatib bordi. Albatta bu sudlar faqat jazolovchi organ emas, balki xalqimizning haqiqiy himoyachisi, suyanchigʻiga aylanishidagi muhim qadamlardan biridir. Bunda 1993-yil 9-aprelda qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyada belgilangan dunyoda umumeʼtirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquq normalariga amal qilinadi.

Qayrulla ATAMURATOV, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026