9-aprel — Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Amudaryo tumanida bayram tadbiri ötkazildi
1993-yil 9-aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi va bu sana umumxalq bayrami, deb eʼlon qilindi. Bu bayramni xalqimiz davlatimizdagi adolat, qonun ustuvorligini taʼminlaş hamda huquqiy demokratik davlat quriş yölidagi muhim qadam deb biladi.
9-aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasining barça hududlarida baxtimiz qomusi bölgan konstituttsiya kuni munosabati bilan bayram tadbirlari ötkazildi. Jumladan, Amudaryo tumanida ham Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasisi qabul qilinganiga 29-yil tölişi munosabati bilan “Konstituttsiyam – mening ğururim” şiori ostida tantanali yiğiliş va kontsert dasturi bölib ötdi.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, deputatlar, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, tuman hokimligi, muassasa, korxona va taşkilotlar masʼullari, fuqarolar yiğinlari raislari, taʼlim sohasi ilğorlari, keng jamoatçilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sahnada örnatilgan ekranda hilpirab turgan Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalari bayroqlari tadbirga özgaça salobat baxş etdi. Tadbir iştirokçilari köz öngida videolavhalar orqali yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, ulkan özgarişlar, yoşlarning bilim olişi, aholining farovon turmuş keçirişi uçun yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlar namoyon böldi.
Tadbir avvalida Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.
Şundan söng tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev yurtdoşlarimizni Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qiliş, yurtimizda yaşayotgan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir insonga eʼtibor va ğamxörlik körsatiş – Konstitutsiyamizning boş maqsadi eʼkanligini etirof etdi. Şuningdek, boş qonunimizni çuqur örganiş, anglaş, hayotga joriy etiş va unga sözsiz amal qiliş – barçaning şarafli burçi ekanligini taʼkidladi.
Tuman prokurori Aziz Rözmetov yiğilganlarga asosiy qonunimizda insonning ijtimoiy huquqlariga qaratilgan eʼtibor, ularning huquq va majburiyatlari haqida töxtalib, Respublikamizda qonun doirasida amalga oşirilayotgan katta özgariş va yangilanişlar haqida aytib ötdi hamda yurtdoşlarimizni bayram şodiyonasi bilan samimiy qutladi.
Şundan söng tadbirda tumanimizning taniqli va xuşovoz sanʼantkorlari tomonidan ona Vatan madhi tarannum etilgan gözal kuy-qöşiqlar yangradi. Maktab öquvçilarining Konstitutsiya haqida tölqinlanib öqigan şeʼrlari yiğilganlar diliga özgaça ğurur va iftixor baxş etdi.
Ayniqsa, turli millat urf-odatlarini özida namoyon etuvçi, boş qomusimizda belgilab berilgan barça millat vakillari tili, dini va eʼtiqodidan qatʼiy nazar qonun oldida tengligi va tinç-totuv yaşab kelayotganligi gözal raqslar orqali körsatib berildi.
Darhaqiqat, baxtimiz qomusi bölgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barça yurtdoşimizning huquq va majburiyatlarini özida aks ettirgan bölib, hali uzoq yillar davomida yurtimiz buyuk kelajagi va xalqimiz farovon turmuşining huquqiy asosi bölib xizmat qiladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶