Tomorqa − yuqori daromad manbai
Bugungi kunda tomorqa qişloq aholisining asosiy daromad manbaiga aylanib bormoqda. Aslida ham, tomorqa – rizq-röz, qöşimça daromad manbai, bandlikni, arzonçilikni taʼminlaşning samarali usulidir. Mehnatga iştiyoq, havas bölsa, inson nafaqat öz hayotini balki oila aʼzolarini turmuşini ham farovon qila oladi. Buni yaxşi anglagan Amudaryo tumani aholisining asosiy qismi öz tomorqalarida issiqxonalar taşkil qilib, yaxşigina daromad manbaiga ega bölişmoqda.
Öz tomorqalaridan unumli foydalanayotgan fuqarolar bilan suhbatlaşiş hamda zaruriy tavsiyalar beriş maqsadida Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşining Amudaryo tumaniga biriktirilgan vakili Umrzoq Rahmatov masʼullar bilan birgalikda Qoramon mahallasida uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 1-aprel sanasida imzolangan “Dehqon xöjaligi töğrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati xaqida keng tuşunçalar berib ötildi.
Taʼkidlanganidek, “Dehqon xöjaligi töğrisida”gi qonunga köra, 18 yoşga tölgan, muomalaga layoqatli bölgan, öziga dehqon xöjaligini yuritiş uçun yer uçastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş yoki ijara huquqi asosida berilgan Özbekiston fuqarosi yoki Özbekiston hududida doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxs dehqon xöjaligi boşliği bölişi mumkin.
Şuningdek, qonun bilan belgilanganidek, dehqon xöjaliklaridan davlat boji va yiğim undirilmaydi, dehqon xöjaligini yuritiş uçun 6 sotixdan 1 gektargaça bölgan ölçamda yer uçastkalari beriladi. Qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarning asosiy ekindan böşagan qismi 6 sotixdan 10 gektargaça bölgan ölçamda bir yilgaça bölgan muddatga ikkilamçi ijaraga berilişi mumkin. Berilgan yer uçastkasidan faqat qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş uçun foydalanilişi kerak.
Masʼullar mahallaning faol aʼzosi, öz tomorqasida bir neça yillardan buyon issiqxona taşkil qilib, yuqori daromad manbaiga ega bölib kelayotgan Yangiboy Sultonovning xonadonida bölişdi. Mehmonlar Yangiboy Sultonovning issiqxonasida pomidor va bodringning bir neça xil navlari, bulğor qalampiri va ertagi tarvuz nihollari barq urib rivojlanayotganligiga hamda oilaning öz çorvasi, parrandasi borligi daromadiga yana daromad qöşayotganiga guvoh bölişdi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz tomonidan puxta öylangan rejalar asosida uzoqni közlab qabul qilinayotgan farmon va qarorlar avvalo aholining eng muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabini tölaqonli taʼminlaşga, oltinga teng bölgan suğoriladigan yer maydonlarimizdan samarali foydalaniş orqali köproq mahsulot yetiştiriş va içki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosining barqarorligini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Zero, dehqon xöjaliklariga va tomorqa yer egalariga körsatilayotgan ğamxörliklar zamirida qişloq joylarda yaşovçi oilalarni qöllab-quvvatlaş, ularning daromadlarini köpaytiriş, turmuş tarzini yanada yaxşilaşga qaratilgan oliyjanob maqsad mujassamdir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶