Amudaryo tumanida madaniyat va sanʼat xodimlari kuni keng nişonlandi
Bugun Amudaryo tumani Madaniyat bölimi binosida 15-aprel — madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi.
Unda tuman madaniyat bölimi va unga qaraşli joylardagi madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, muzey va boşqa muassasalar xodimlari, sanʼatkorlar va madaniyat sohasida uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tadbirni Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Gulmirza Nurmatov oçib berdi.
Tadbirda tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov sözga çiqib, tumanimizdagi barça madaniyat va sanʼat sohasi fidoyilarini kasb bayramlari bilan tabrikladi va hokimlikning faxriy yorliq hamda esdalik sovğalarini topşirdi.
“Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari Anvar Xudoyberganov, tumandagi 9- va 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi masʼullari mazkur maktablarning 30 nafarga yaqin fidoyi va jonkuyar öqituvçilariga Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligining faxriy yorliqlarini tantanali tarzda topşirdi.
Şundan keyin tadbir dilrabo kuy-qöşiqlar va raqslarga ulanib ketdi.
Fursatdan foydalanib, biz yurtimizdagi barça madaniyat va sanʼat sohasi fidoyilarini mamlakatimizda ilk bora nişonlanayotgan kasb bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz. Ularning aholiga madaniy xizmat körsatiş, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltiriş va sanʼat rivjiga hissa qöşiş yölidagi maşaqqatli va xayrli işlarida omadlar yor bölişini tilaymiz.
Bayramingiz muborak bölsin, qadrli madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari!
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶