29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:33
Fan va taʼlim 👁 286

11-SONLI MAKTABDA “FARZANDIMGA KITOB SOVGʻA QILAMAN” AKTsIYaSI OʻTKAZILDI

11-SONLI MAKTABDA “FARZANDIMGA KITOB SOVGʻA QILAMAN” AKTsIYaSI OʻTKAZILDI

Inson hayotda doimo maʼnaviy ozuqa olishga ehtiyoj sezib yashaydi, kitoblarga intilishi, umrining qanchadan qancha aziz lahzalarini mutolaaga bagʻishlashi ham bejiz emas.

Jamiyat hayotining ajralmas qismi boʻlgan kutubxonalar esa azal-azaldan maʼnaviyat va maʼrifat oʻchogʻi boʻlib kelgan, kitoblardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy muassasa hisoblanadi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish – kutubxonalarning asosiy faoliyatining mezonidir.

Keyingi yillarda mamlakatimizda kitob oʻqish keng targʻib etilmoqda. Muhtaram Prezidentimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasida belgilab bergan besh tashabbusining biri ham ular orasida kitobxonlikni keng targʻib etishdir. Boisi barcha bilimlar kitoblarda mujassam. Kutubxonaga shuning uchun ham nurxona, deb taʼrif beriladi.

Yaqinda Amudaryo tumani Qipchoq shaharchasi hududida joylashgan 11-sonli maktabda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Qunduzoy Xolmurodova, psixolog Dilnoza Shomurodova va kutubxonachi Mehribon Yoʻldosheva, Raʼno Yeshmurodovalar hamkorligida “Farzandlarimiz kelajagiga befarq boʻlmaylik” shiori ostida bir qancha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Xususan, oʻquvchilar bilan turli mavzularda suhbatlar, ota-onalar yigʻilishlari oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishdek ulkan maqsadga qaratildi.

Aktsiyasi haqiqiy maʼnoda bayram tusini oldi.Tadbirda maktabning barcha oʻqituvchilari, oʻquvchilari, ota-onalar ishtirok etdilar.

Tadbirda maktab kutubxonasida mavjud adabiyotlar namoyish etilib, ota-onalarga farzandlari bilan birga bu kitoblarni oʻqish, oʻqigan asarlari yuzasidan suhbatlashish, orqali bolalarning kitoblardan olgan taassurotlarini kengaytirish tavsiya qilindi.

Shuningdek, koʻchma kitob doʻkoni savdosi yoʻlga qoʻyilib, 500 turdan ziyod bolalar adabiyoti namunalari koʻrgazmaga qoʻyildi.

Tadbirda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Qunduzoy Xolmurodova ota-onalarga farzand tarbiyasida kitob mutolaasining ahamiyati haqida gapirib, ularni farzandlariga kitob sovgʻa qilishga daʼvat etdi. Ota-onalar farzandlari bilan birga badiiy kitoblar tanlab, xarid qildilar, oʻquv qurollari, darsdan tashqari oʻqish uchun tavsiya qilingan, oʻquv fanlarini chuqur oʻrganishga doir adabiyotlarni oldilar.

“Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aktsiyasiga tashrif buyurgan ota-onalar farzandlarining taqdiriga befarq emasligini, aynan shunday tadbirlar bolalarni kitob oʻqishga ragʻbatlantirishini taʼkidladilar.

Shuni ham aytish oʻrinliki, mazkur maktab kutubxonasi barcha oʻquvchilarni darsliklar bilan toʻla taʼminlagan. Darsliklardan tashqari 3113 ta badiiy, 2096 ta bolalar uchun moʻljallangan kitoblar mavjud, davriy nashrlar taxlamlari ham bor.

Maktabning jami oʻquvchilaridan 838 nafari kutubxonaga aʼzo va muntazam kitob mutolaasi bilan shugʻullanishadi. Kutubxona oʻquv zalida faol kitobxonlar ishtirokida badiiy adabiyotlar haqida suhbatlar, oʻzbek adabiyotining taniqli namoyandalari hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiy kechalar oʻtkazib kelinadi. Buningdek chora-tadbirlarning barchasi oʻquvchilar orasida kitobxonlikni targʻib etgani bilan ahamiyatlidir. Chunki kitob insonning dunyoqarashini kengaytiradi, aqlan boyitadi.

“Farzandingiz taqdiriga befarq boʻlmang!” shiori ostida oʻtkazilgan haftalikning bir tadbiri – “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aktsiyasi ham shu maqsadga xizmat qilishi soʻzsiz.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026