“TARIX BILAN YuZMA-YuZ” MAVZUSIDA XIVA ŞAHRIGA MAROQLI SAYoHAT UYuŞTIRILDI
Sönggi yillarda mamlakatimizda içki turizmni rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor tufayli, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlodni tarixiy şaharlarga sayohatlar uyuştiriş orqali xalqimizning boy maʼnaviy-tarixiy merosiga hurmat ruhida tarbiyalaşga qaratilgan “Tarix bilan yuzma-yuz” mavzusidagi sayohat-darslar ham taşkil etilayotgani öquvçi-yoşlarning bu boradagi qiziqişlarini yanada oşirmoqda.
Amudaryo tumanidagi 69-sonli umumtaʼlim maktabi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Jörabek Tajimuratov rahbarligida qadimiy Xiva şahriga taşkil etilgan sayohat ham ana şunday – “Tarix bilan yuzma-yuz” mavzusida amalga oşirildi.
Maktabning quyi va yuqori sinflar öquvçilaridan iborat 110 nafar sayohatçilar guruhlarga bölingan holda, maktab öqituvçilari Jumagul Boltaboyev, Hayotxon Nurimbetov, Adibaxon Ahmedova, Şarofat Abduraimova hamda Barçinoy Işmatovalar rahbarligida Xiva şahrining “Içan qalʼa” Davlat muzey-qöriqxonasi, “Dişan qalʼa” qadimiy, tarixiy-meʼmoriy majmualari böylab maroqli sayohat qildilar.
Sayohatçi-öquvçilarga ustozlari avalo Xiva şahrining umumiy tarixi haqida keng va batafsil maʼlumotlar berişdi. Şundan söng, sayohatçi-öquvçilar guruhlarga bölinib, ustozlari rahbarligida “Içan qalʼa” meʼmoriy ansambli bilan yaqindan tanişdilar. Xususan, öquvçilar Özbekistondagi eng baland qadimiy Xiva minorasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, ustunlari paxta daraxtidan bölgan qadimiy jomʼe masjidi, xonlar saroyi, karvonsaroy kabi tarixiy obidalar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega böldilar.
Bundan taşqari, sanʼat muzeyi, tabiat muzeyi, xalqimizning buyuk farzandlari tahsil olgan maktab-madrasalar, yarim minor tarixi haqidagi ustozlarining hikoyalarini maroq bilan tingladilar. Uluğ maʼrifatparvar turkman şoiri Maxtumquli, özbek xalqining sevimli şoiri Ogahiylar tahsil olgan madrasalarni ,qadim ajdodlar savdo-sotiq işlarini olib borgan dökon va bozor rastalarini berib kördilar, milliy hunarmandçiligimiz tarixi bilan yaqindan tanişdilar.
Sayohatçi-öquvçilarning “Tarix bilan yuzma-yuz” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tarixiy sayohat-darsi maroqli taassurotlarga juda boy böldi. Çunki öquvçi-yoşlar sayohat davomida özlari Özbekiston tarixi darslarida nazariy jihatdan olgan bilimlarini sayohat jarayonida amalda körib, mustahkamladilar. Ayniqsa, dunyoga maşhur qomusiy olimlarni yetiştirgan Maʼmun akademiyasi, yurtdoşimiz, tumanimizning Jumurtoğ mavzesidagi Eşonyop böyi qişloğida yaşagan maʼrifatparvar, xalqparvar siyosatçi, xalq mustaqilligi uçun kuraşga hayotini bağişlagan Bobooxun Salimov va uning otasi, Xorazm xonlari saroyining nufuzli qozikaloni Salim oxun haqida va qozikalon Salim oxun bunyod etgan madrasa xususida çuqur mavʼlumotlarga ega böldilar.
“Tarix bilan yuzma-yuz” mavzusidagi amaliy tarixiy dars-sayohat öquvçi-yoşlar qalbida xalqimizning buyuk tarixiga nisbatan hurmat va muhabbat tuyğularini yanada mustahkamladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶