TUMANIMIZ BOKSÇILARI OÇIQ BIRINÇILIK ĞOLIBI VA SOVRINDORLARI BÖLIŞDI
Şu yilning 12 – 16-aprel kunlari Sirdaryo viloyatining Şirin şahrida 2006- 2007 va 2008 -2009-yillarda tuğilgan ösmirlar hamda katta yoşdagi professional boksçilar örtasida Şirin şahar hokimi kubogi uçun oçiq birinçilik ötkazildi.Respublikamizning barça hududlaridan iqtidorli sportçilar iştirok etgan uşbu oçiq birinçilik musobaqalari qizğin kuraşlarga, taassurotlarga boy böldi.
Şunisi eʼtiborliki, musobaqada tumanimizning 10 nafar mahoratli boksçilari iştirok etib, yoruğ yuz bilan qaytdilar.Xususan, Hojiakbar Berdiboyev, Xursand Baxtiyorov, Javlonbek Jumamurodovlar öz vazn toifasida oltin, Umid Davletov,Ruslan Maxsudovlar kumuş, Oğabek Karimboyev, Asadbek Rustamovlar esa bronza medallarini yengib oldilar. Tumanimizning umidli ,professional boksda faoliyatini boşlagan sportçisi Sardor Şomurodov ham öz vazn toifasida eng kuçli ekanligini ringda namoyiş etib, ğalaba qozondi va reytingini kötarib oldi. Sportçilarni musobaqaga tajribali murabbiy Obid Usmonov olib bordi va şogirdlarini yaxşi natijalar körsatişga, ringda bor mahoratini körsata olişga ruhlantira oldi.
Tumanimiz boks ixlosmandlari sportçilarimizdan bundan-da yuksak natijalarni kutadi.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶