Amudaryo tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi faoliyatiga bir nazar
Mamlakatimizda örta maxsus professional taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar ösib kelayotgan yoş avlodda intellektual qobiliyatlar va kasbiy bilimlarni rivojlantirişni közda tutadi. Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga asosan Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji negizida Amudaryo tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi qayta taşkil qilindi.
Taʼlim muassasasi YuNESKO taşkiloti tomonidan qabul qilingan Xalqaro standart tasniflagiçning 3-darajasiga mos keluvçi taʼlim dasturlari asosida umumiy örta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilaridan kadrlar tayyorlaydi.
Mazkur öquv maskani 360 nafar öquvçi örniga möljallangan bölib muassasada faollar zali, sport zali va sport maydonçalari, 150-örinli öquv işlab çiqariş ustaxonasi mavjud.
Şuningdek, axborot kutubxona kompyuter texnologiyalari bilan taʼminlangan bölib, Ziyonet.uz axborot tarmoğiga hamda optik tolali internet tolalariga ulangan. Şuningdek kutubxonada 8 ming 860 dona ilmiy va badiiy adabiyotlar fondi mavjud bölib bilimga çanqoq yoşlar undan samarali tarzda foydalanişmoqda.
Undan taşqari, 2-sonli kasb-hunar maktabida fizika, kimyo, biologiya, labarotoriyalari va avtomobillarni taʼmirlaş, çet tillari lingafon xonalari, tikuvçilik, çizmaçilik maxsus xonalari şuningdek, avtomobillarga texnik xizmat körsatiş va taʼmirlaş, yöl harakati qoidalari, payvandlovçi, gaz va suv tizimlarini taʼmirlaş, tikuvçilik, elektrotexnika apparatlarini taʼmirlaş, oşpaz va qandolatçi, ustaxonalari mavjud öquvçi-yoşlar malakali ustozlaridan olgan bilim va könikmalarini mana şu ustaxonalarda amaliyotda qöllab öz tajribalarini oşiradilar.
Joriy yilda kasb-hunar maktabida avtomobillarni taʼmirlaş çilangari, avtomobil yuriş qismlariga texnik xizmat körsatiş va taʼmirlaş çilangari, tikuvçi,payvandlovçi, gaz va suv isteʼmol nazoratçi operatori, oşpaz, qandolatçi, axborot vositalari maşinalari va kompyuter tarmoqlari operatori, kasblari buyiça 377 nafar öquvçi yoşlar öqitilmoqda. Ularga 24 nafar malakali öqituvçi va 13 nafar işlab çiqariş taʼlim ustalari taʼlim tarbiya berib kelmoqdalar.
Bundan taşqari kasb-hunar maktabida 20 ta fan va sport tögaraklari taşkil qilingan bölib, har bir öquvçi özi tanlagan kasb böyiça nazariy va amaliy bilimlarini oşirib kelmoqdalar.
Şuningdek, öquvçi-yoşlar ustozlaridan olgan bilim va könikmalarini mustahkamlaş maqsadida tumanimizdagi 17 korxona va taşkilotlarda amaliyot davrini ötamoqdalar.
Taʼlim muassasasining asosiy maqsadlaridan biri yoşlarni tadbirkorlikka yönaltiriş bölib, bu borada yerişilayotgan yutuqlar alohida eʼtirofga sazavor.
Ayrim öquvçilar özining tanlagan kasbi böyiça ustozlaridan taʼlim olib öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişgan. Ularga maktabning malakali ustozlari tomonidan doimiy ravişda yöl-yöriq körsatilib tavsiyalar berib kelinmoqda.
Şu örinda aytiş lozimki, bugungi kunda yoşlarning bandligini taʼminlaş va kasb-hunar egallaşlariga imkon yaratiş dolzarb masala bölib turgan bir vaqtda kasb-hunar maktablarining faoliyati samarali taşkil etilayotgani quvonarli holdir. Amudaryo tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi jamoasi ham bu borada yuqori natijalarga erişişni öz oldlariga maqsad qilib qöyganlar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶