29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:12
Fan va taʼlim 👁 255

“KITOB – BIZNI BIRLAShTIRADI” TADBIRIDA YoSh IJODKORNING ILK ShEʼRLAR TOʻPLAMI TAQDIMOT ETILDI

“KITOB – BIZNI BIRLAShTIRADI” TADBIRIDA YoSh IJODKORNING ILK ShEʼRLAR TOʻPLAMI TAQDIMOT ETILDI

Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 3-sonli umumtaʼlim maktabida Prezidentimiz boshlab bergan 5 ta muhim tashabbus doirasida yoshlar kitobxonligini rivojlantirish, ijodkor yoshlarni yanada ragʻbatlantirish, ularning isteʼdodlarini yuzaga chiqarish, qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tadbirlar tufayli maktab oʻquvchilari orasidan alohida iqtidorga ega yosh ijodkorlar yetishib chiqmoqda. Bunda maktab kutubxonasi kutubxonachisi  Tozaxon Qdirniyozova tomonidan amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbatlari, taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan tadbirlar  muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 14-aprel sanasida maktab kutubxonasida oʻtkazilgan “Kitob bizni birlashtiradi” adabiy-musiqiy tadbirda ham maktab oʻquvchilari orasida ilmga intiluvchan, qalblari ijodkorlikka moyil havaskor-yoshlar, koʻpligiga ishonch hosil qildik. Xususan, Aynura Sarsenboyeva, Qamar Orinboyeva, Umida Otajonova, Dilshodbek Murodboyev, Nafisa Kazakboyeva, Janar Paraxatova, Albina Saparbayeva, Moldir Amanbayeva, Sandugash Dauletbayeva, Jazira Bazarboyeva, Ulugʻbek Sagʻinboyev, Yernazar Kalmuratov, Nurlan Nazarbayev kabi biri-biridan epchil, bilimdon va hozirjavob oʻquvchilar oʻzlarining chiqishlari bilan haqiqiy kitobxon ekanliklarini namoyish etdilar.

 “Kitob – bizni birlashtiradi” shiori ostida oʻtkazilgan tadbir davomida kitobxon oʻquvchilar oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, rus mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti namoyondalari ijodidan namunalar oʻqidilar. Jahon adabiyotining durdona asarlari haqida oʻz fikrlari ushbu asarlardan olgan taassurotlari haqida toʻlqinlanib soʻzladilar.

Tadbirda maktab kutubxonasi kutubxonachisi Tozaxon Qdriniyazova Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan tadbirlar haqida toʻxtalib, kitob mutolaasi tufayli bir-birlari bilan samimiy muloqot oʻrnatayotgan oʻquvchilar, ularning qiziqishlari, ijodiy izlanishlari haqida faxrlanib soʻz yuritdi.

Darvoqe, kitobxon yoshlardan Shahzoda Joʻlliboyeva, Muhabbat Orinbosarova, Navbahor Sarsenboyevalarning sheʼrlari tuman va Respublika matbuotida chop etilibgina qolmay, Shahzoda Joʻlliboyeva bilan Muhabbat Orinbasarovaning ilk sheʼriy toʻplamlari nashrdan chiqdi. Maktabning yana bir iqtidorli oʻquvchisi Navbahor Sarsenbayevaning sheʼrlar toʻplami va bir guruh ijodkor oʻquvchilar sheʼrlaridan iborat gala toʻplam nashrga tayyorlanmoqda.

Biz ijodiy jamoamiz bilan mazkur maktabda boʻlgan kunimiz “Kitob – bizni birlashtiradi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbir davomida Muhabbat Orinbasarovaning “Haq niyetler” deb nomlangan ilk sheʼrlar va hikoyalar toʻplamining taqdimoti ham oʻtkazildi. Toshkent shahridagi “Muharrir” nashriyotida chop etilgan Muhabbat Orinbasarova qalamiga mansub mazkur kitobdan uning ona Vatan, doʻstlik, tinchlik, mehr-oqibatni tarannum etuvchi sheʼrlari va hikoyalari oʻrin olgan.

Kitob taqdimoti munosabati bilan tadbir mehmonlari – “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyushmasi aʼzosi, shoirOʻrozali Reyimov, Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldoshevalar yosh ijodkor qiz Muhabbat Orinbasarovani katta sheʼriyat sari qoʻyayotgan ilk qadami bilan muborakbod etishib, yosh qalamkashga ijodiy parvozlar tiladilar. Shuningdek, Muhabbat Orinbasarovaning onasi va ustozi Almagul Bekmuratova, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maktab direktorining oʻrinbosari, Gulchehra Allambekova, ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Farida Yendirbayeva, qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Julduzxan Turgʻanbayevalar oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

Boʻlib oʻtgan tadbir oʻquvchi-yoshlarning iqtidorlarini rivojlantirish orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

R.ANAROV, M.ShOMURODOV lavhasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026