Amudaryo tumani davlat soliq inspektsiyasi boşliği A.Seitovning tadbirkorlarga hisoboti va murojaati
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qömitasiga taşrifi davomida sohani takomillaştiriş, xususan soliq tizimini raqamlaştiriş, soliq tölovçilarga xizmat körsatiş sifati va kölamini oşiriş, şuningdek, “Soliqçi – kömakçi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirişib, ularning muammolarini örganiş va soliq qonunçiligidagi özgarişlarni tuşuntiriş yuzasidan bir qator topşiriqlar bergandi.
Mazkur topşiriqlarning ijrosini taʼminlaş, tadbirkorlarni soliq sohasidagi özgariş va yangiliklar bilan taniştiriş maqsadida joriy yilning 24-mart kuni Davlat soliq qömitasi rahbariyati boşçiligida joylarda tadbirkorlar bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Amudaryo tumanida ötkazilgan uçraşuvda jami 53 nafardan ortiq tadbirkorlar iştirok etişdi.
Tadbirkorlik subektlariga soliq qonunçiligiga kiritilgan özgartiş va qöşimçalar, yangiliklar, avtomatlaştirilgan axborot tizimlari haqida muntazam ravişda, batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda.
Bugungi kunda ham “Soliqçi-kömakçi” tamoyili asosida tuman soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini örganib, sayyor soliq maslahatlari körsatilmoqda.
Masalan, aprel oyi davomida 176ta korxonalarning muammolari batafsil örganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar böyiça 118 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boşqa taşkilotlar bilan boğliq masalalar qatʼiy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etiş çoralari körilmoqda.
Şuningdek, örganişlar davomida soliq turlari böyiça 43 ta subektlarning 559,6 million söm mavjud ortiqça tölov summasi qaytarib berildi yoki boşqa soliq turlaridan qarzdorlik hisobiga singdirildi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, soliq tölovçilarga haqiqiy maʼnoda kömakçi, örgatuvçi böliş soliq organlarining boş vazifasiga aylanmoqda. Şu maʼnoda, tadbirkorlar uçun yanada yengillik yaratiş uçun “Avtokameral” avtomatlaştirilgan axborot tizimining işga tuşirilişi sohadagi yangilik böldi.
Bu tizim orqali, soliq organlari soliq tölovçilar faoliyatida tekşiruvdan oldingi tahlillarni, eʼtibor qarating tekşirişlarni emas, tahlillarni ötkazişi mumkin. Yaʼniki, soliq tölovçi faoliyati davomida qandaydir xatoliklarga yöl qöyayotgan bölsa yoki hisobotlarida qandaydir tafovvutlar kuzatilayotgan bölsa, avtomatlaşgan tizim darhol soliq tölovçining şaxsiy kabinetiga xatoliklarni tuzatiş haqida xabarnoma jönatadi. Aqlli dastur özi kamçiliklarni aniqlab, öz vaqtida tadbirkorga kömakçi bölib, xabar berib boradi. Eng muhimi, bunda inson omili aralaşmaydi.
Amudaryo tumani davlat soliq inspektsiyasi joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi töğrisida tadbirkorlar örtasida olib borilayotgan tuşuntiriş-tarğibot işlari, xodimlari tomonidan tadbirkorlik subektlari bilan olib borilgan tuşuntiriş işlari natijasida aprel oyida 93 ta korxonadagi 158 nafar norasmiy işlovçi fuqarolar faoliyati qonuniylaştirildi. Muhimi, fuqarolar iş örinlariga ega böldi.
Agar sohalar kesimida körib çiqadigan bölsak, savdo va umumiy ovqatlaniş korxonarlarida 70 nafar, işlab çiqariş va xizmat körsatiş korxonalarida 42 nafar, quriliş korxonalarida 12 nafar hamda qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yurituvçi 34 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylaştirildi va budjetga 129,5 million söm qöşimça mablağ yönaltirildi.
2022-yilning aprel oyi davomida tumanimiz soliq tölovçilari tomonidan byudjetga 6 mlrd 713,5 mln.söm miqdorida soliq tölanib, belgilangan prognoz 7 mlrd 289,6 mln.söm bulib rejasi 576,2 mln. söm ortiği bilan yaʼni 108,6 foizga bajarildi.
Joriy yilning aprel oyi mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari bilan boğliq soliq huquqbuzarliklari töğrisida jami 35 ta murojaat kelib tuşgan bölib, şundan 2 ta murojaat turli xil sabablarga köra rad qilingan. Ularning 33 tasida sayyor soliq tekşiruvlari ötkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi.
Şu örinda taʼkidlaş örinliki, bugungi tadbirkor keçagisidan tubdan farq qiladi. Qonunçiligimiz ham ular uçun qator yengillik va qulaylik yaratişga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga öz-özidan çek qöyilmoqda. Halol tadbirkor uçun şaffof va qonuniy işlaydigan davr keldi. Şu bois, savdo va xizmat körsatiş sohasida onlayn nazorat-kassa maşinalaridan foydalanuvçilar soni bugun 899 nafarni taşkil etmoqda.
Bugungi kunda qölida hunari bor yoki uyda yakka tartibda maʼlum faoliyat bilan şuğullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning özini özi band qilişi, iş stajiga ega bölişi uçun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy kömak körsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning aprel oyi yakuni bilan tumanda 830 nafar fuqarolar özini özi band qiliş tizimi orqali röyxatdan ötib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam şuğullanib kelmoqda.
Hurmatli soliq tölovçilar!
Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etiş, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barça tuşunmovçiliklarga yeçim topişda doimiy kömak berişga tayyormiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶