Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 49-sessiyasi töğrisida axborot
2022-yil 14-may kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 49-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya işida tuman Kengaşi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar, jamoat taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengaşi raisi Sultonboy Yöldaşev oçdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 15-“Xolimbeg” saylov okrugidan deputat Abdiqadir Tulovmuratov saylandi.
Sessiyada dastlab, “Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi Farmonining ijrosi töğrisida tuman Adliya bölimi boşliği örinbosari Möminjon Matyusupovning axboroti tinglandi.
Möminjon Matyusupov kun tartibidagi masala yuzasidan tumanda amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan axborot berib, qonunçilik hujjatlari ijrosini samarali taşkil etişda davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining şaxsiy javobgarligini kuçaytiriş böyiça öz tavsiyalarini berib ötdi.
Sessiya işida Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantiriş böyiça 2020-2030-yillarga möljallangan strategiyaning tumandagi ijrosi böyiça tuman hokimi örinbosari Islom Matkarimovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda keltirilişiça, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida tumanda fermer xöjaliklarining yerdan foydalanişidagi past hosilli paxta va ğalla ekinlaridan qisqartirilgan yer maydonlari hisobidan fuqarolarga 10 sotixdan 1 gektargaça bölgan ölçamda jami 2 ming 242 gektar ekin maydonlarini 2022-2025-yillarda bosqiçma-bosqiç zaxiraga qaytariş rejalaştirilgan.
Şundan joriy yilda jami 897 gektar yer maydonlari işsiz axoliga ajratib beriladi. Şuningdek, keyingi yillarda kuzatilayotgan suv tanqisligining oldini oliş böyiça tumanda tomçilatib suğoriş tizimlarini joriy qiliş işlari samarali tarzda amalga oşirilmoqda. Jumladan, 1 ming 67 gektar maydonda tomçilatib suğoriş texnologiyalari joriy qilindi.
Sessiya işida Özbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi Qonunining tumandagi ijrosi haqida tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eşimbetovaning axboroti tinglandi.
Axborotda tumandagi korxona va taşkilotlar faoliyatining oçiqligini taʼminlaş maqsadida tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylaştirilgan maʼlumotlar haqida batafsil töxtab ötildi. Şuningdek, axborotda tumanning ijtimoiy-siyosiy hayotida röy berayotgan voqea va hodisalar ijtimoiy tarmoqlarda sifatli hamda tezkor yoritilib kelayotganligi taʼkidlandi.
Şundan söng, tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Fahriddin Abdullayevning Muhtaram Prezidentimiz raisligida şu yil 5-may kuni tibbiyot sohasi xodimlari bilan ötkazilgan videoselektor yiğilişida belgilab berilgan vazifalarning tumandagi ijrosi böyiça xisoboti tinglandi.
Taʼkidlangandek, tez tibbiy yordam bölimi samaradorligini oşiriş hamda şifokorlarga munosib mehnat şaroitlarini yaratiş borasida tumanda köplab islohatlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, yaqinda Tölqin oilaviy şifokorlik punkti faoliyati yölga qöyildi. Şuningdek, tumanning 11 ta çekka mahallalariga konteynerlar örnatilmoqda.
Sessiya davomida tumanda xotin-qizlarni har taraflama qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlaş va muammolarining hal etilişi yuzasidan körilayotgan çoralar töğrisida tuman hokimining örinbosari Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburovaning xisoboti tinglandi.
Hisobotda “Ayollar daftari”da turuvçi kasbga öqitilgan, bandligi taʼminlangan şuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik yordam berilgan ayollar töğrisida batafsil maʼlumot berildi.
Şuningdek, sessiya işida tuman mahalliy byudjeti mablağlarining 2022-yil 1-çorak davomida sarflanişi haqidagi masala ham körib çiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman Moliya bölimi mudiri Uluğbek Bekniyazov hisobot berdi. Hisobotda keltirilişiça, 1-çorak davomida byudjet xarajatlari rejasiga kiritilgan özgarişlardan keyin tuman mahalliy byudjetidagi mablağlar 65 mlrd. 711,4 mln sömni taşkil qilib, 1-çorak davomida byudjet mablağlari xarajatlari hisobidan jami 62 mlrd 810,6 mln sömlik mablağlar sarflangan.
Sessiya işida aholidan kelib tuşayotgan murojaatlar asosida hokim yordamçilari faoliyatining samaradorligini örganiş böyiça tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.
Taʼkidlanganidek, körib çiqilgan murojaatlarning 81,8 foizi qanoatlantirilgan, şundan 24,7 foizii jobiy hal qilingan bölsa, 57,1 foiz murojaatlarga huquqiy maslahat va tuşuntirişllar berilgan. Şuningdek hokim yordamçilari tomonidan aholi bandligini taʼminlaş, kasbga öqitiş, aholining tadbirkorlik qobiliyatlarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumotlar berib ötildi.
Sessiya kun tartibida Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjetining erkin qoldiq mablağlari hisobidan tuman Obodonlaştiriş boşqarmasiga hududlarda “Yaşil makon” va “Yaşil boğ” loyihalarini amalga oşiriş, mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekiş uçun mablağ ajratiş böyiça tuman hokimining birinçi örinbosari Raşid Salayevning taklifi körib çiqildi.
Sessiya kun tartibida Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli maktablarda böşab qolgan direktorlik lavozimiga ötkazilgan tanlov yakunlari böyiça nomzodga kelişim beriş töğrisidagi masala ham körib çiqildi.
37-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori lavozimiga Ğayrat Jumanazarov nomzod sifatida körsatilgan. Sessiya davomida nomzodning kelgusi 3-yilga möljallangan dasturi tinglanib, oçiq ovoz beriş jarayoni orqali Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining nomzodga kelişim beriş töğrisidagi qarori qabul qilindi.
Şuningdek, sessiya işida Kengaş vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar ham muhoka qilinib, ular yuzasidan ham tegişli qarorlar qabul qilindi. Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶