69-sonli umumtaʼlim maktabida “Maktab kubogi” uçun bellaşuvlar ötkazildi
Har jihatdan yetuk, intellektual rivojlangan, bilimli va tafakkur olami keng yoşlarni tarbiyalaş pedagog xodimlarning asosiy maqsadi sanaladi.
Şu maqsadda Amudaryo tumanidagi umumiy örta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan fidoiy öqituvçilar har bir öquvçining qobiliyatlarini rivojlantiriş, isteʼdod va bilimini yuzaga çiqarişga intilib astoyidil mehnat qilib kelmoqdalar.
Qolaversa, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoşlar bilan işlaş tizimini samarali taşkil etiş, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob öqişga qiziqişini oşiriş böyiça “Beş muhim taşabbus”dan kelib çiqib, pedagoglar tomonidan turli tadbirlar va bellaşuvlar ötkazilib kelinmoqda.
Şunday bellaşuvlardan biri Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 69-sonli umumtaʼlim mktabida maktab direktori Dilşod Babaniyozov taşabbusi bilan taşkil etildi.
Maktab kubogi uçun barça fanlardan ötkazilgan makur bellaşuvlarda maktabda taʼlim olib kelayotgan jami 714 nafar öquvçidan 500 ga yaqin öquvçi qatnaşib öz bilim va salohiyatini sinovdan ötkazdilar.
Ğolib bölgan öquvçilar “Eng yaxşi futbol jamoasi”, “Eng yaxşi atletika ğolibi”, “Eng yaxşi biologiya bilimdoni”, “Eng yaxşi kimyogar”, “Eng yaxşi fizika bilimdoni”, “Eng yaxşi ona tili bilimdoni”, “Eng yaxşi çet tili bilimdoni” va boşqa nominatsiyalari böyiça taqdirlandilar.
Öquvçilar örtasida bunday bellaşuvlarning ötkazilişi ular örtasida hamjihatlik, döstona muhitni qaror toptiriş bilan birgalikda isteʼdod va qobiliyatlarini yanada rivojlantirişga, öz ustida yanada köproq işlaşga çorlaydi.
Şu örinda aytiş kerakki, tumanimizda faoliyat yuritayotgan 69-sonli maktab jamoasi öquvçilarga har tomonlama örnak bölib, ularga sifatli taʼlim bilan birgalikda yuksak insoniy fazilatlarga asoslangan tarbiya ham berib kelmoqdalar.
Öqituvçilar va öquvçilar örtasidagi döstona munosabatning namunali tarzda yölga qöyilganligini öquvçilar yuzidagi mamnunlik ifodasi va tabassumlaridan ilğab oliş qiyin emas.
Maktabda faoliyat yuritayotgan xodimlar örtasidagi soğlom raqobat muhiti maktabdagi öquvçilarning bilim salohiyati oşişiga va yuqori marralarni egallaşlarida muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
2021-2022 öquv yilida maktabda taʼlim sifatini oşiriş böyiça samarali işlar amalga oşirildi. Uşbu sayʼ-harakatlarning natijasi ölaroq fanlar olimpiadasida ona tili fani öqituvçisi Saida Najmatdinovaning 9-sinf öquvçisi Rustamova Sarvinoz, qoraqalpoq tili fani öqituvçisi Mahbuba Sariyevaning 10-sinf öquvçisi Rahimboyeva Dinora, nemis tili fani öqituvçisi Boltayeva Mötabarning 10-sinf öquvçisi Rahimboyeva Sevinçoy, 11-sinf öquvçisi Ollanazarov Ravşanbeklar Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faol qatnaşib sovrinli örinlarni qölga kiritdilar.
Şuningdek, tumanimizda sektorlar kesimida ötkazilgan futbol va mini futbol musobaqalarida ham maktab öquvçilari faol qatnaşidilar. Bundan taşqari, sportning boşqa turlari böyiça ötkazilayotgan musobaqalarda maktab öquvçilari epçillik hamda uddaburonlik qobiliyatlarini namoyon qilib, sovrinli örinlarni qölga kiritişmoqda.
Maktabdagi öquvçilar tarbiyasi, ularga berilayotgan bilim va könikmalar maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari Dilşod Boltayev, Jörabek Tajimurodov, öquv işlari böyiça direktor örinbosari Jahongir Jumanovlar tomonidan doimiy nazoratda bölganligi sabab 69-maktab tumanimizdagi namunali maktablar safidan joy olgan.
Şu örinda aytiş kerakki, yoş avlodga qaratilayotgan hurmat va eʼtibor har qaçongidan ham kuçaygan. Sababi, ertangi kunning umidlari bölgan yoşlar davlat rivojlanişi va taraqqiyotini belgilovçi muhim ijtimoiy qatlam sanaladi.
Şunday ekan, har bir yoş avlodning barkamol şaxs bölib voyaga yetişlarida maktabgaça taʼlim, umumiy örta taʼlim va Oliy taʼlim jipsligi muhim ahamiyat kasb etadi.
F.Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶