TAʼLIM JARAYoNIDA ÖQUVÇILARNING OTA-ONALARI BILAN HAMKORLIK QILIŞ IJOBIY SAMARA BERADI
Hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri ota-onalar va öqituvçilarni samarali muloqot qilişi va bir-birini töğri tuşunişidir. Özaro hurmat munosabatlari bilan birgalikda ijobiy maktab muhiti mutaxassislar, ota-onalar, vasiylar va öqituvçilarga dasturlar va xizmatlar bilan boğliq muammolarni ular mojarolar manbaiga aylanmasdan oldin hal qiliş uçun konstruktiv hamkorlikda işlaşga yordam beradi.
Öqituvçi ham ota-onani faol tinglaşi kerak. Yeçimlar va usullarga berilib ketiş şunçalik osonki, öqituvçilar öquvçi uçun eng samarali bölgan narsa haqidagi fikr-mulohazalarini ötkazib yuborişlari mumkin. Ota-onalar qaysi tayançlar işlayotganini, qaysi biri işlamayotganini aniqlaşga yordam beradi va muvaffaqiyatga taʼsir qiladigan özgarişlarni amalga oşirişga yordam beradi.
Mavzuga oid masalani çuqurroq tahlil qiliş maqsadida öquvçilarning ota-onalari iştirokida anonim kiçik surovnoma ötkaziliş mumkin. Sörovnoma natijasida maktab-ota-ona, öqituvçi örtasidagi munosabatlar taxlil qilinadi. Sörovnoma "Farzandingiz kelajakda qaysi yönalişni tanlaşini istaysiz?", "Farzandingiz bilan uyda birgalikda dars tayyorlaysizmi?", "Farzandingiz bilan birga (taʼlim uçun) kuniga neça soat şuğullanasiz?", "Farzandingiz bilan birga uy vazifalarini bajarişda qiyinçiliklarga duç kelganmisiz?" kabi savollardan taşkil topsa maqsadga muvofiq böladi.
Öqituvçi ota-onalar bilan işlaş mahoratiga ega bölsagina taʼlimda samaraga erişişi mumkin. Çunki, bolalar taʼlimida ota-ona nazorati baribir zarur. Amaliyot şuni körsatadiki, özi qiziqib dars tayyorlaydigan boladan köra faqat ota-ona nazorati ostida şuğullanayotgan öquvçining ham körsatkiçi doim yuqori foizda böladi. Dars tayyorlaşni istamagan farzand bilan şuğullanişda ota-onalarga audio, video, kitob, qöllanma va maqola körinişidagi tavsiyalar yordamçi bölişi mumkin.
Demak, ota-onalar farzandining taʼlimi uçun asosan fanlar böyiça repetitor xizmati va çet tillarni örganiş uçun pulli xizmatlardan foydalanadi. Kam bölsa-da, sport-soğlomlaştiriş maşğulotlari, kasb-hunarga öqitiş va musiqiy taʼlim uçun haq tölaydiganlar ham bor. Bundan ota-onalar "Eng yaxşi sarmoya – taʼlimga kiritilgan sarmoya" tuşunçasiga tobora köproq ega bölib borayotganini anglaş mumkin.
Ota-onalar örtasida ötkazilgan sörovnomadan ular farzandining taʼlimiga befarqmi yoki eʼtiborlimi şuni aniqlaş mumkin. Yana bir foydali tomoni şuki, ota-ona iloji boriça taʼlimda iştirok etişga, bu jarayonda yuzaga keladigan muammolarni yeçişga harakat qiladi. Ularga zarur tavsiyalar beriş, yöl-yöriq körsatiş, taʼlimdagi iştirokini rağbatlantiriş, bu böyiça motivatsiya beriş muhimdir.
Sarvinoz Karimova, 31-sonli maktab psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶