76-sonli maktabda “Beş muhim taşabbus” doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada ötkazilmoqda
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etadi. Kelajagimiz egalari har tomonlama soğlom, bilimli, yetuk, bir söz bilan aytganda, taraqqiyotimizga xizmat qiladigan avlod bölişi, zamonaviy bilim, kasb-hunarlarni, axborot texnologiyalarini puxta egallaşi uçun zamonaviy şaroit va imkoniyatlar yaratilgan. Şu bilan birga, yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişni taşkil etiş dolzarb masala hisoblanadi.
Har bir oilada ota-onalar farzandini tarbiyalab voyaga yetkaziş jarayonida badantarbiya bilan şuğullanişga, rasm çizişga, sanʼatga oşno etişga, uy yumuşlariga qöl solişga örgatadi.
Oiladagi bu tarbiyani maktabda izçil davom ettiriş bolalarning qobiliyatlarini rivojlantiriş uçun Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Beş muhim taşabbus” doirasidagi tadbirlarni muntazam ravişda ötkaziş talab qilinadi.
Amudaryo tumanidagi 76-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Beş muhim taşabbus” doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada ötkazilib kelinmoqda.
Birinçi taşabbus − yoşlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boşqa turlariga qiziqişlarini oşirişga, isteʼdodini yuzaga çiqarişga, farzandlarimizni sanʼatga oşno qilib, yuksak did sohibi etib tarbiyalaşga xizmat qiladi. Maktab öquvçilari turli tanlovlarda qatnaşib mazkur yönalişda öz iqtidorlarini namoyon qilib kelmoqdalar.
Ikkinçi taşabbus − yoşlarni jismonan çiniqtiriş hamda sportdagi qobiliyatlarini röyobga çiqariş maqsadida maktab öquvçilari örtasida sportning turli yönalişlari böyiça musobaqalar ötkazilib, sportçi yoşlar aniqlanmoqda.
Maktab maʼmuriyati tomonidan ular munosib ravişda rağbatlantirilib, tuman va Respublika bosqiçlariga yöllanmani qölga kiritişmoqda.
Uçinçi taşabbus − kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş yönalişida “Kaşfiyotçi bolalar” tögaragi yölga qöyilgan bölib, tögarak samarali faoliyat olib bormoqda. Tögarakda öquvçilar özlarining yaratuvçanlik qobiliyatlarini yanada rivojlantiradilar.
Yoşlar manaviyatini yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib etiş böyiça maktab öquvçilari örtasida “Yoş kitobxon” tanlovi ham muntazam ravişda ötkazilib kelinadi.
“Beş muhim taşabbus” doirasida ötkazilayotgan har bir tadbir yuqori saviyada taşkil etilib, öquvçilar maktab maʼmuriyati tomonidan munosib rağbatlantirilib boriladi.
Öquvçilar qalbida sportga, sanʼatga, til örganişga va kitob öqişga bölgan qiziqişlarini uyğotiş borasida olib borilayotgan turli tadbir va bellaşuvlar öz samarasini bermoqda.
Ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi işlarni yangi tizim asosida yölga qöyiş böyiça ilgari surilayotgan “Beş muhim taşabbus” doirasida ötkazilayotgan tadbirlar negizida ham barkamol avlodni tarbiyalaşdek ezgu maqsadlar mujassam.
F.Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶