TÖLQIN OVULIDA YaNGI OILAVIY ŞIFOKORLIK PUNKTI IŞ BOŞLADI
Tölqin ovuli hududida yangidan Tölqin oilaviy şifokorlik punkti foydalanişga topşirildi.
Şu yil 19-may kuni bölib ötgan marosimda tuman hokimining birinçi örinbosari Raşid Salayev, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining boş onkologi Mirzoğolib Tillaşayxov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri Murod Qurbanov, tuman Tibbiyot birlaşma boşliği Faxriddin Abdullayev, ovul fuqarolar yiğini masʼullari, faollari va tibbiyot xodimlari iştirok etdilar.
Yiğilişni tuman hokimining birinçi örinbosari Raşid Salayev oçib berdi va mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar samarasi ölaroq bugun, hattoki, eng çekka qişloqlarda ham şahar markazlaridagidan qolişmaydigan zamonaviy şifo maskanlari qad rostlayotgani, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, tibbiy xizmat sifatini davr talablari darajasiga kötarişga alohida eʼtibor berilayotganini taʼkidlab ötdi.
Marosimda sözga çiqqanlar, ovul aholisi hududdagi tibbiyot muassasasi foydalanişga yaroqsiz bölib qolgani tufayli, şifokor xizmatiga ehtiyoj sezilganida tuman markaziga borişga töğri kelayotgani, bu keksa va yoş bolalar soğligini nazorat qiliş, davolanişlarida qiyinçilik, noqulayliklar tuğdirayotgani, tibbiyot maskanining qayta taşkil etilgani bu aholiga ayni muddao bölayotgani aytib ötişdi.
Taʼkidlanganidek, 2017-yilda Tölqin qişloq vraçlik punkti optimizatsiya qilinib, faoliyati töxtatilgan edi. Ammo aholining murojaatlari, tumandan olis hudud ekanligi inobatga olinib, oilaviy şifokorlik punkti sifatida faoliyati qayta yölga qöyildi. Hozirda bu yerda 3 nafar şifokor va 12 nafar örta tibbiyot xodimi aholiga malakali xizmat körsatiş uçun jalb etilgan.
Marosimda Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş Vaziri Murod Qurbanov ham sözga çiqib, Prezidentimizning Farmonlari va videoselektor yiğilişlarida belgilangan vazifalarning ijrosi sifatida Amudaryo tumanidagi Tölqin ovulida hamma şart-şaroitlarga ega oilaviy şifokorlik punkti yangidan iş boşlagani, ular malakali şifokorlar va tibbiyot xodimlari bilan taʼminlangani, bu esa öz navbatida aholining birlamçi tibbiy xizmat qamrovini va sifatini taʼminlanişini taʼkidlab ötdi. Şundan söng, ramziy tasma kesildi va barça yiğilganlar tibbiyot maskanida yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişib çiqdilar.
Tibbiyot maskanida aholi salomatligini mustahkamlaşga qaratilgan barça imkoniyatlar yetarli. Ayollar, bolalar va keksalar uçun alohida xonalar, şuningdek, stomatologiya bölimi, laboratoriya, kunduzgi statsionar ham mavjud. Yangi iş boşlagan oilaviy şifokorlik punkti zarur tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar bilan taʼminlangan. Qolaversa, şifokorlarning samarali faoliyat yuritişi, şuningdek, taşrif buyuruvçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Tölqin ovuli faollari va aholisi endilikda tibbiy xizmatdan foydalaniş uçun tuman markaziga borib yurmasliklari, kuz-qişning sovuği, bahor oylaridagi yoğingarçilikda aholi sarson bölmasligi, öz qişloğida yaqin masofada joylaşgan tibbiyot maskanida profilaktik emlaş, kunduzgi statsionarlarda davolaniş imkoniyatiga ega bölganligini aytib, Prezidentimizga, Soğliqni saqlaş Vazirligiga öz minnatdorçiligini bildirdilar.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶